Ibragimova Nasiba Muminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biopreparatlar yordamida kartoshkani saqlash texnologiyasini ishlab chiqish», 03.00.12 – Biotexnologiya  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/B948.
Ilmiy rahbar: Murodova Sayyora Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03.30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Norboeva Umida Toshtemirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Axmedova Zahro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maqsadi Xorazm viloyati sharoitida kartoshkani biopreparatlar yordamida saqlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor kartoshkani saqlashgacha bo‘lgan davrda “Zamin-M” biopreparati bilan ishlov berish orqali Arizona, Gala va Evolyushn navli kartoshkalarni saqlash davomida 10% gacha yo‘qotishlarning oldini olish isbotlangan;
kartoshkaning tovar sifati va ozuqaviy qiymatini o‘zgarishsiz saqlash uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan biopreparatlar saralanib, kartoshkani saqlash muddatini 150-160 kungacha uzaytirish mumkinligi aniqlangan;
“Zamin-M” biopreparati tarkibidagi rizobakteriyalarning tuganaklar yuzasi bo‘ylab bioplenka hosil qiluvchi ekzopolisaxaridlar hosil qilish unumdorligi Bacillus subtilis CKB 309 shtammida 1,37 g/l±0,06, Bacillus megaterium CKB 310 shtammida 1,71 g/l±0,11 ni tashkil etishi isbotlangan;
Xorazm viloyati sharoitida etishtirilayotgan kartoshka tuganagini saqlash davrini nazoratga nisbatan uzaytirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm viloyatidagi kartoshkalarni biopreparatlar yordamida saqlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Bacillus subtilis CKB 309, Bacillus megaterium CKB 310 va Pseudomonas stutzeri CKB 308 shtammlari asosida shakllantirilgan “Zamin-M” biologik biopreparatini qo‘llash kartoshka mahsulotini saqlash davrini uzaytirish texnologiyasi Xorazm viloyati Urganch shahri “Xorazm baxt ta’minot” MChJ (2019-2020 yillar) hududida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 31 iyuldagi 04/34-05/3759-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Zamin-M” biopreparati bilan ishlov berib ekilgan urug‘lik kartoshkalardan olingan hosil an’anaviy usulda ekilgan kartoshka hosiliga nisbatan yuqori hosil olish va saqlash jarayonida nazorat variantlariga nisbatan saqlash muddatini uzaytirish imkonini bergan;
Gala, Evolyushn, Arizona kabi kartoshka navlarining tuganaklarini biopreparatlar yordamida saqlash texnologiyasi Urganch shahri «Xorazm baxt ta’minot» MChJning (2019-2020 yillar) hududida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2023 yil 26 iyundagi 01/03-1187-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Zamin-M” biopreparati bilan ishlov berib ekilgan urug‘lik kartoshkalardan olingan hosil an’anaviy usulda ekilgan kartoshka hosiliga nisbatan 3,1 tonna yuqori hosil olishga va saqlash jarayonida nazorat variantlariga nisbatan saqlash muddatini 25% ga uzaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish