Sunnatov Muxiddin Saloxiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Beshkent egilmasi sharqiy qismidagi bo‘r davri yotqiziqlarining strukturaviy-tektonik tuzilishini o‘ziga xosligi va neft`-gazga istiqbolligi», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/GM189.
Ilmiy rahbar: Irgashev Yuldashbay, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Xojiev Baxtiyor Ilxomovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Xalismatov Irmuxamat, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekneftgaz» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Beshkent egilmasining sharqiy qismidagi bo‘r davri yotqiziqlarining tuzilmaviy-tektonik xususiyatlarini va neftgazga istiqbolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Beshkent egilmasi sharqiy qismi bo‘r davri yotqiziqlari majmuasi tarkibida uglevodorod uyumlarini to‘planishi uchun qulay shart-sharoitlarga ega bo‘lgan ettita gorizontni nazorat qiluvchi turon va al`b davridagi ikkita regional gilli to‘siqlar aniqlangan;
bo‘r davri yotqiziqlari gorizontlarida beshta lokal tutqichlarni tektonik ekranlangan (to‘silgan), shimoliy-sharqga cho‘zilgan buzilishlarga to‘g‘ri keluvchi yoriqlar bilan ifodalanganligi aniqlandi hamda bo‘r va yura karbonat formatsiyasi bo‘yicha strukturaviy plani ishlab chiqilgan;
shimoliy-sharqga cho‘zilgan ikki turdagi yoriqlar: birinchisi, mezo-kaynazoy majmuasini kesib o‘tuvchi; ikkinchisi, titon yarusidagi tuz-angidrit formatsiyada so‘nuvchi yoriqlar bo‘lib, ularning tegishli yotqiziqlarda uglevodorod  uyumlari to‘planishini nazorat qilishi aniqlangan;
Beshkent egilmasi sharqiy qismidagi bo‘r davri yotqiziqlarini hamda Hisor tog‘-oldi tizmasining janubi-g‘arbiy qismidagi tuzosti mahsuldor ohaktoshlari bilan o‘zaro tutashishi hisobiga, Qorail-Lyangar yorig‘i bo‘ylab flyuidlarni vertikal oqib o‘tish ehtimoli isbotlangan;
uglevodorod xom ashyo bazasini orttirish maqsadida bo‘r davri yotqiziqlaridagi dastlabki istiqbolli uglevodorod resurslari hajmi baholandi, gorizontlardagi lokal tutqichlarning raqamli uch o‘lchovli geologik modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Beshkent egilmasining sharqiy qismidagi bo‘r yotqiziqlarining geologik tuzilishi xususiyatlari va neftgazlilik istiqbollarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Chanak, G‘uzor, Yangi G‘uzor, Bo‘zaxur, Sharqiy Bo‘zaxur, Sho‘rtan va Ilim maydonlarida bo‘r davri yotqiziqlaridagi flyuidlarni stratigrafik mansubligi bo‘yicha taklif «O‘zbekneftgaz» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 27 oktyabrdagi 02/18-8-882-son ma’lumotnomasi). Natijada, 3-sonli Buzahur va 1-sonli Ilim quduqlarida sinash, yura davri yotqiziqlaridan bo‘r davri yotqiziqlariga flyuidlar oqimning mavjudligini asoslash imkonini bergan;
Alan konining bo‘r davri yotqiziqlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tavsiyanoma «O‘zbekneftegaz» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 27 oktyabrdagi 02/18-8-882-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alan konining 5-son  qudug‘ida bo‘r davri yotqiziqlarining IX gorizontini sinash kuniga 50 ming m3 debitga ega bo‘lgan sanoat miqyosidagi gaz oqimini olish imkonini bergan;
Sho‘rtan maydonida bo‘r davri yotqiziqlarida mahsuldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan gorizontlarda uglevodorod uyumlarini izlash uchun, uch o‘lchovli geologik model asosida, geologik-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish taklifi «O‘zbekneftgaz» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 27 oktyabrdagi 02/18-8-882-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘r davri yotqiziqlarida, baholangan resurslari hajmi 17470,0 mln.m3 bo‘lgan uyumlarni izlash uchun ishlamay turgan quduqlar fondini sinash ishlariga qaytarish chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Bo‘talabuloq maydonida bo‘r davri yotqiziqlarining IX-XIV gorizontlarida aniqlangan tutqichlarni tasdiqlash bo‘yicha taklif «O‘zbekneftgaz» AJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2023 yil 27 oktyabrdagi 02/18-8-882-son ma’lumotnomasi). Natijada, Bo‘talabuloq maydonida bo‘r davri yotqiziqlarining IX-XIV gorizontlarida tektonik ekranlangan tutqichlar tasdiqlandi hamda hajmi 35575,2 mln.m3 bo‘lgan dastlabki istiqbolli resurslarini baholash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish