Omonov Orif Xo‘shboqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Helianthus annuus L. turiga mansub xorijiy kolleksiya namunalarining hosildorligi va fiziologik xususiyatlari», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/B986.
Ilmiy rahbar: Kurbanbaev Ilxam Djumanazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Sirojiddin Xudayberdievich, biologiya fanlari doktori, professor; Norboeva Umida Toshtemirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kungaboqar o‘simligining xorijiy kolleksiya namunalarini fiziologik, biokimyoviy va morfoxo‘jalik belgi-xususiyatlarini baholash asosida hosildor, kasalikka chidamli, yog‘ va oqsil miqdori yuqori bo‘lgan navlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kungaboqar namunalarining vegetatsiya fazalarida bargdagi umumiy suv miqdori, barglarning suv saqlash xususiyati, transpiratsiya jadalligi, bargdagi xlorofill va karotinoid miqdori turlicha bo‘lishi genotip hamda tashqi muhit omillariga bog‘liq holda o‘zgarishi asoslangan;
xorijiy kungaboqar namunalari urug‘i tarkibidagi mikro va makroelementlar tarkibi tahlil qilingan hamda turli namunalarda mikro va makroelementlar nisbati turlicha ekanligi aniqlangan;
morfoxo‘jalik va biokimyoviy belgilaridan «bitta savatchadagi urug‘ vazni (g.)» bilan «oqsil miqdori (%)» o‘rtacha ijobiydan (r=+0,49; r=+0,53), kuchli ijobiy (r=+0,67; r=+0,86) korrelyativ bog‘lanish mavjudligi isbotlangan;
kungaboqar namunalari urug‘larining unuvchanligiga S 207 (Turkiya) va Chakinsiky 321 (Rossiya) namunalari Fusarium solani zamburug‘i shtammiga nisbatan tolerantligi 95,0-100,0%, mahalliy Jaxongir navi, Koriya (Avstraliya) namunasi fitopatogen zamburug‘lar ta’siri natijasida o‘simlik barg namunalarining biomateriallari Fusarium solani bilan zararlanmaganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Helianthus annuus turiga mansub xorijiy kolleksiya namunalarining hosildorligi va fiziologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Helianthus annuus turiga mansub xorijiy kolleksiya namunalari Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon ekologiya va geografiya institutida NSFC-Xinjiang Key Project (№. U1903206) loyihasida kungaboqar fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini baholashda qo‘llanilgan (Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon ekologiya va geografiya instituti ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy kungaboqar kolleksiya namunalarini fiziologik, biokimyoviy va morfoxo‘jalik ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini bergan;
kungaboqarni xorijiy namunalari Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti kolleksiyasiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 oktyabrdagi 02/21-05/5321-son ma’lumotnomasi). Natijada, kolleksiya fondini boyitish, seleksiya, genetika ilmiy tadqiqot ishlarida hosildorlik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari bilan bog‘langan holda birlamchi materiallar tanlab olish hamda elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan;
Helianthus annuus turiga mansub xorijiy kolleksiya namunalari Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti kolleksiyasiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 oktyabrdagi 02/21-05/5321-son ma’lumotnomasi). Natijada, kungaboqarni yuqori ko‘rsatkichli xorijiy kolleksiya namunalari institut genofondini boyitish bilan bir qatorda, “Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof muhit muhofazasi” ustuvor yo‘nalishidagi fundamental va amaliy loyihalarida boshlang‘ich ashyo sifatida jalb etish imkonini bergan;
O‘zbekistonning turli mintaqalarida kungaboqarni oqsil va yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan Stepnyak (9848; Rossiya), Chakinskiy 321 (9853; Rossiya) namunalari kasallantiruvchi patogen zamburugʼning (Fusarium solani) tarqalishining populyasion xaritasini tuzish, genetik o‘zgaruvchanligini tahlil qilish, kungaboqar ko‘chatzorlarda Fusarium solani kasalligiga chidamliligini baholashda foydalanilgan (Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (IKARDA) ning 2023 yil 22 noyabrdagi 1448-son ma’lumotnomasi). Natijada, kungaboqar namunalarida Fusarium solani kasalligini erta diagnoz qilish usulini ishlab chiqish va ushbu kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini takomillashtirish hamda zamburug‘ kasalligiga chidamli navlarni yaratishda seleksion maqsadlarda qo‘llash imkonini bergan.