Kurbaniyazov Timur Urunbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr ta’minoti tizimining reaktiv quvvatlarini uch fazali nosimmetrik toklarini IoT ilovasi asosidagi o‘lchov va nazoratining elektromagnitli datchiklari”, 05.01.06 – Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimining elementlari va qurilmalari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3644.
Ilmiy rahbar: Abubakirov Azizjan Bazarbaevich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Alimova Nodira Batirdjanovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Sattarov Xurshid Abdishukurovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Elektr energiya ta’minoti tizimi reaktiv quvvatlarining nosimmetrik yuklamalarida kattalik va burchak bo‘yicha farq qiluvchi uch fazali birlamchi toklarini ikkilamchi kuchlanishlar ko‘rinishidagi signallarga o‘zgartiruvchi elektromagnit datchiklarining tuzilish modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energiyasining reaktiv quvvatini vektorlari bir-birlariga simmetrik bo‘lmagan yuklamalarida burchak va kattalik bo‘yicha farq qiluvchi uch fazali birlamchi toklari asosida ikkilamchi kuchlanishlar ko‘rinishidagi signallarga o‘zgartirish imkonini beruvchi datchikning konstruktiv tuzilishi ishlab chiqilgan;
elektr ta’minoti tizimining reaktiv quvvatini uch fazali toklari asosida ikkilamchi kuchlanishlarga o‘zgartiruvchi elektromagnit datchigida kechayotgan signal o‘zgartirish jarayonlarining graf modellari ishlab chiqilgan;
elektr energiyasi reaktiv quvvatining uch fazali birlamchi toklarini elektromagnit datchigining o‘zaro ta’sirlashuvchi magnit oqimlarini ta’minlovchi fizik-texnik effektlarini o‘z ichiga olgan signal o‘zgartirish bo‘laklarining parametrlarini aniqlashning analitik ifodalari graf modellar asosida ishlab chiqilgan;
reaktiv quvvatning nosimmetrik uch fazali birlamchi toklari hosil qilgan o‘zaro ta’sirlashuvchi magnit oqimlarni kuchlanish ko‘rinishdagi signallariga o‘zgartiruvchi elektromagnit datchikning IoT ilovali strukturasi yaratilgan va datchik tuzilmasi parametrlarini aniqlash imkonini beruvchi ratsionallik algoritmlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektr ta’minoti tizimining reaktiv quvvatlari nosimmetrik kattaliklarini o‘lchov, nazorat va boshqaruvining uch fazali elektromagnit datchigi va uning IoT ilovali modelini tadqiqotlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uch fazali tokning nosimmetrikligini kuchlanishga o‘tkazuvchi elektromagnitli o‘zgartkich tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasi tomonidan foydali modelga patenti olingan (FAP 02157, 2022 yil). Natijada datchikning uch fazali birlamchi toklarni nosimmetrikligini chiqish kuchlanishlarining me’yor qiymatiga (5 V), chiziqligini va yuqori aniqligini ta’minlash imkonini bergan;
elektr ta’minoti tizimining reaktiv quvvatning nosimmetrik uch fazali birlamchi toklari hosil qilgan va o‘zaro ta’sirlashuvchi magnit oqimlar hamda ikkilamchi chiqish kuchlanishlar ko‘rinishdagi signallarni o‘zgartirish jarayonlarini fizik-texnik effektlari, yigʻiq va tarqoq parametrli modellari, ish holati ko‘rsatkich modellari, ishonchliligi, tadqiqot algoritm va dasturiy ta’minoti «Taxiatash don maxsulotlari» AJ Xo‘jayli guruch filialida joriy qilingan («Taxiatash don maxsulotlari» AJ ning 2023 yil 12 dekabrdagi №02-18/610-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr ta’minoti tizimida nosimmetrik toklarni o‘lchov va nazorati uchun elektromagnit datchikning aniqlik sinfi 1,928 foizga oshgan, hamda korxonadagi aktiv va reaktiv quvvat isroflari 5,9% ga kamaygan.