Davirov Alisher Quvondiq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Past bosimli suv oqimlarida ishlovchi vint turbinali mikrogidroelektrstansiyaning energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3938
Ilmiy rahbar: Qodirov Dilshod Botirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01
Rasmiy opponentlar:
Qarshibaev Asqarbek Ilashevich – texnika fanlari doktori, professor.
Bozarov Oybek Odilovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Past bosimli suv oqimlarida ishlovchi vint turbinali mikrogidroelektrstansiyaning konstruktiv parametrlarini takomillashtirish asosida energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidroturbinaning ratsional parametrlarini hisobga olgan holda uning konstruktiv parametrlarini ratsional aniqlash imkonini beruvchi analitik ifoda ishlab chiqilgan;
past bosimli suv oqimlarida ishlovchi vint turbinali mikrogidroelektrstansiyaning energiya yoʻqotishlarini minimallashtirish asosida uning samaradorligini oshirish algoritmi ishlab chiqilgan;
parallel ulangan vintli gidroturbinaning generator bilan birikish burchagini ratsional aniqlash asosida energiya samaradorligi oshirilgan mikrogidroelektrstansiyaning immitatsion fizik modeli ishlab chiqilgan;
gidroturbinaning energiya samarador ish rejimlari va energetik xarakteristikalarini aniqlash imkonini beruvchi algoritm va matematik model asosida past bosimli suv oqimlarida ishlovchi mikrogidroelektrstansiyaning kichik modeli ishlab chiqilgan (FAP 02263).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Past bosimli suv oqimlarida ishlovchi vint turbinali mikrogidroelektrstansiyaning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
gidroturbinadagi mexanik quvvatni oshirish maqsadida ikkita parallel vintli turbinaning zanjirli uzatmasi orqali bitta generatorga ulangan mikrogidroelektrstansiya “Samarqand gidroelektrstansiyalari kaskadi” unitar korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 10 yanvardagi 02-28/88 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan qurilmaning past bosimli suv oqimlarida ishlovchi ushbu turdagi gidroturbinalarga nisbatan 20 % ga yuqoriroq energiya samaradorlikni ta’minlashi aniqlangan;
vintli gidroturbinaning maqbul o‘lchamlarini aniqlash asosida ishlab chiqilgan mikrogidroelektrstansiya “Samarqand gidroelektrstansiyalari kaskadi” unitar korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 10 yanvardagi 02-28/88-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, energiya samarador vint turbinali mikrogidroelektrstansiya asosida 24966 kW·h elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.
past bosimli suv oqimlarida ishlovchi qurilma uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Arximed vintli turbina” № FAP 02263. 07.11.2022). Natijada past bosimli suv oqimlarida ishlovchi energiya samarador vint turbinali mikrogidroelektrstansiyaning modeli ishlab chiqilgan.