Abduraxmanov Alijon Abdulaxatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mayda donador materiallarning issiqlik namlik xarakteristikalarini tadqiq qiluvchi qurilmani takomillashtirish”, 05.03.01 – Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (tarmoq bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T598.
Ilmiy rahbar: Uljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Muxamedxanov Ulugbek Turgudovich texnika fanlari doktori, professor; Jumaev Odil Abdijalilovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uzlyuksiz oqimda mayda donador materiallarning harakteristikalarini haroratga bog‘liqligini nazorat qiluvchi takomillashtirilgan o‘lchash qurilmasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quvurli o‘zgartgichlar bo‘ylab issiqlik oqimining taqsimlanishini yuqori aniqlik bilan tadqiq qilish va baholash imkoniyatini beradigan, to‘rt qutbli sxemalar nazariyasiga asoslangan bir va bir jinsli bo‘lmagan quvurli issiqlik namlik o‘zgartgichlarning fizik va matematik modellari ishlab chiqilgan;
mayda donador sochiluvchan materiallarning harorat va namligini o‘lchash qurilmasining tuzilishini, asosiy elementlarining aniqlik va tezlik mezonlariga ko‘ra optimallashtirish uchun zarur bo‘lgan asosiy elementlarning maqbul kattaliklarini tanlashga imkon beruvchi marfologik jadvallari ishlab chiqilgan;
issiqlik usuli asosida mayda donador sochiluvchan materiallarning harorati va namligini yuqori aniqlikda nazorat qiluvchi o‘lchash qurilmasining turli muhitlarda qanchalik aniqlik va tezkorlik bilan ishlashini baholashga imkon beruvchi statik va dinamik xarakteristikalar qurilgan;
mayda donador sochiluvchan materiallarning issiqlik namlik harakteristikalarini tadqiq qilish uchun taqsimlangan issiqlik parametrlariga ega quvurli o‘tkazgich asosida tuzilgan, issiqlikni kam sezuvchi va issiqlikka o‘ta sezgir bo‘lgan uchta qismdan tashkil topgan takomillashtirilgan o‘lchash qurilmasi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mayda donador materiallarning haroratga bog‘liqlik parametrlarini tadqiq qiluvchi takomillashtirilgan o‘lchash qurilmasini ishlab chiqish asosida:
quvurli issiqlikka sezgir, mayda donador sochiluvchan materiallarning haroratga bog‘liqlik parametrlarini tadqiq qiluvchi o‘lchash qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro uchun patent (№ IAP 06143) berilgan. Natijada o‘lchash vositasini qurishning asosiy prinsiplari va fizik modeli yaratilgan, hamda harorat va namlikni uzlyuksiz oqimda o‘lchash orqali ishlab chiqarish sohasida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish imkoniyati yaratilgan;
mayda donador sochiluvchan materiallarning harorati va namligini tadqiq qiluvchi o‘lchash qurilmasi O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi «Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti» DK ko‘p tarmoqli sinov laboratoriyasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 10-yanvardagi 24-06/256-son ma’lumotnomasi). Natijada mayda donador sochiluvchan materiallarning harorati va namligi to‘g‘risidagi o‘lchash ma’lumotlarni talab etilgan aniqlikda tezkorlik bilan olish imkoniyatiga erishilgan.