Badalov Qodir Abdumalik o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qora o‘ralar atrofidagi zaryadlangan zarrachalar dinamikasi va tortishishning skalyar tenzor nazariyalarida barqarorlik masalalar”, “01.04.02 – Nazariy fizika”, “01.03.01 – Astronomiya” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM972
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarlar: Ibadov Rustam Mustafaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Rayimbaev Djavlanbek Radjapbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shuhrat Numonjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti bosh ilmiy xodimi); Turimov Bobur Valentinovich, fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qora o‘ra (black holes) yoki yumronqoziq inlari (wormholes) uchun singulyar bo‘lmagan echimlarni olish, konformal Fisher fazo-vaqtida chiziqli barqarorlik muammosini o‘rganish, skalyar-tenzor nazariyalarining sonli echimlari sinfini olish, Reissner-Nordström va Simpson-Visser fazo-vaqtida elektr zaryadlangan qora tuynuklar yaqinidagi zaryadlangan zarralarning aylanma harakati va elektromagnit nurlanishini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    birinchi marta skalyar-tenzor nazariyalarida f(ϕ) konformal faktorni hisobga olgan holda qora tuynuklar/yumronqoziq inlari echimi olindi;
    birinchi marta konformal Fisher fazo-vaqtlari uchun chiziqli barqarorlik masalasi skalyar-tenzor nazariyalarining Bergmann-Vagoner-Nordtvedt sinfining vakuumli echimlari bilan massasiz skalyar maydonlar mavjudligida taqqoslangan holda o‘rganildi;
    birinchi marta elektr zaryadlangan Reissner-Nordström qora o‘ralari atrofidagi elektr zaryadlangan zarrachalarning aylana orbitalari va elektromagnit nurlanishi o‘rganildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qora tuynuklar atrofidagi zaryadlangan zarralar dinamikasini o‘rganish natijalari va skalyar tenzor nazariyalarida barqarorlik muammolari quyidagicha qo‘llanildi:
har qanday statik, sferik simmetrik metrikani Jordan ramkasidagi ba’zi skalyar-tenzor nazariyalari tenglamalariga vakuumli echim sifatida ko‘rsatish mumkinligini ko‘rsatadigan formalizm bir qator mualliflar tomonidan foydalanilgan ("K. A. Bronnikov, Manuel E. Rodrigues, Marcos V. de S. Silva. Cylindrical black bounces and their field sources. Phys. Rev. D 108, 024065 (2023)", "Joshua Baines, Matt Visser. Killing Horizons and Surface Gravities for a Well-Behaved Three-Function Generalization of the Kerr Spacetime. 2023. Universe 9(5):223" va "K. A. Bronnikov, Manuel E. Rodrigues, Marcos V. de S. Silva. Cylindrical black bounces and their field sources. 2023. Physical Review D. 108(2)");
PhD dissertatsiyasida taqdim etilgan nazariy tadqiqot natijalari va usullari quyidagi ilmiy grantlarda qo‘llanildi: Ku612/18-1 raqamli DFG loyihasi hamda 91796809 raqamli DAAD doktorlik dasturi loyihasi (Germaniya), RUDN (Rossiya) universitetining FSSF-2023-0003 loyihasi, shuningdek, Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan 0723-2020-0041 loyihasi;
Dissertatsiya ishini bajarish jarayonida olingan ilmiy natijalar va metodlar Qarshi davlat universiteti Fizika fakulteti talabalari uchun mutaxassislik tanlov fanlari doirasida qo‘llanildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish