Nuriddinov Husniddin Noriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash va reabilitatsiyasini takomillashtirish», 14.00.04-Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1645.
Ilmiy rahbar: Voxidov Ulug‘bek Nuritdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Djaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, prfessor; Dobresov Konstantin Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor; (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Vitebsk davlat tibbiyot universiteti (Belorussiya).
II. Tadqiqotning maqsadi: burun va burun yondosh bo‘shliqlari holatini baholash asosida surunkali polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarni jarrohlik usulida davolash va reabilitatsiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki tomonlama va bir tomonlama polipoz rinosinusitlarni klinik kechishini va kasallikning og‘irlik darajasini baholashda burunning nafas olish, xid bilishi va shillik kavatining sitologik kurinishi kabi  funksional holatining salbiy tomonga o‘zgarganligi hamda surunkali yallig‘lanish jarayonining keskinlashganligi asoslangan;
surunkali polipoz rinosinusitli bemorlarda kompleks tekshiruv, ya’ni endoskopik, kompyuter tomografik, sitologik tadqiqotlar asosida polipoz jarayonning tarqalganligi va uning kasallik kechishiga salbiy ta’siri isbotlangan;
ikki tomonlama va bir tomonlama polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarda funksional endoskopik sinus jarrohlik va minimal invaziv sinus jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishni tanlash maqsadida ko‘rsatkichlar jamlanmasi ishlab chiqilgan;
kompleks tekshiruv natijasida jarrohlik usulini tanlash, betametazon dipropionat dori vositasini shimdirilgan gemostatik tamponi mahalliy qo‘llash va burun yondosh bo‘shliqlariga dori vositalarini yuborish orqali surunkali polipoz rinosinusitni davolash va reabilitatsiya qilish algoritmi joriy qilingan, surunkali polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarda davolash choralaridan oldin va keyingi hayot sifatining o‘zgarishini baxolash orkali o‘tkazilgan davolash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot institutining 2024 yil 7 martdagi 24-Z/014-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining prorektori tomonidan 2023 yil 6 mart № 04/2537 sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ikki tomonlama va bir tomonlama polipoz rinosinusitlarni klinik kechishini va kasallikning og‘irlik darajasini baholashda burunning nafas olish, xid bilishi va shillik kavatining sitologik kurinishi kabi  funksional holatining salbiy tomonga o‘zgarganligi hamda surunkali yallig‘lanish jarayonining keskinlashganligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ikki tomonlama va bir tomonlama polipoz rinosinusitlarni klinik kechimini va kasallikning og‘irlik darajasini baholashda burun funksional holatining salbiy tomonga o‘zgarganligi hamda surunkali yallig‘lanish jarayonining keskinlashganligi isbotlanganligini inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (02.04.2023 y.; №9/2) Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.04.2023 y.; № 8/1) hamda G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (10.04.2023 y.; № 11/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ikki tomonlama va bir tomonlama polipoz rinosinusitlarni klinik kechimini va kasallikning og‘irlik darajasini baholashda burun funksional holatining salbiy tomonga o‘zgarganligi hamda surunkali yallig‘lanish jarayonining keskinlashganligi isbotlanganlidan foydalanish, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ikki tomonlama va bir tomonlama polipoz rinosinusitlarni klinik kechimini va kasallikning og‘irlik darajasini baholashda burun funksional holatining salbiy tomonga o‘zgarganligi hamda surunkali yallig‘lanish jarayonining keskinlashganligi isbotlangaligi kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 1800000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Surunkali polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash va reabilitatsiyasini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 10 apreldagi 04/2185-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali polipoz rinosinusitli bemorlarda kompleks tekshiruv, ya’ni endoskopik, kompyuter tomografik, sitologik tadqiqotlar asosida polipoz jarayonning tarqalganligi va uning kasallik kechishiga salbiy ta’siri isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali polipoz rinosinusitli bemorlarda kompleks tekshiruv, ya’ni endoskopik, kompyuter tomografik, sitologik tadqiqotlar asosida polipoz jarayonning tarqalganligi va kasallik kechimiga ta’siri isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq 02.04.2023 y.; №9/2) Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.04.2023 y.; № 8/1) hamda Gijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (10.04.2023 y.; № 11/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali polipoz rinosinusitli bemorlarda kompleks tekshiruv, ya’ni endoskopik, kompyuter tomografik, sitologik tadqiqotlar asosida polipoz jarayonning tarqalganligi va kasallik kechimiga ta’siri isbotlanganligini hisobga olinishi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali polipoz rinosinusitli bemorlarda kompleks tekshiruv, ya’ni endoskopik, kompyuter tomografik, sitologik tadqiqotlar asosida polipoz jarayonning tarqalganligi va kasallik kechimiga ta’siri isbotlanganligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini 3 kunga qisqartirib, shifoxonada  qolish to‘lov miqdori 1500000 so‘mga kamaytirgan (Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 500000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 100000) so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: surunkali polipoz rinosinusitli bemorlarda kompleks tekshiruv, ya’ni endoskopik, kompyuter tomografik, sitologik tadqiqotlar asosida polipoz jarayonning tarqalganligi va kasallik kechimiga ta’siri isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Surunkali polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash va reabilitatsiyasini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 10 apreldagi 04/2185-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ikki tomonlama va bir tomonlama polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarda funksional endoskopik sinus jarrohlik va minimal invaziv sinus jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishni tanlash maqsadida ko‘rsatkichlar jamlanmasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ikki tomonlama va bir tomonlama polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarda funksional endoskopik sinus jarrohlik va minimal invaziv sinus jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishni tanlash maqsadida ko‘rsatkichlar jamlanmasi ishlab chiqilganligini inobatga olinishi, bemorlarni davolash rejasiga o‘zgartirishlar kiritilishi imkoni beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq 02.04.2023 y.; №9/2) Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.04.2023 y.; № 8/1) hamda Gijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (10.04.2023 y.; № 11/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: ikki tomonlama va bir tomonlama polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarda funksional endoskopik sinus jarrohlik va minimal invaziv sinus jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishni tanlash maqsadida ko‘rsatkichlar jamlanmasi ishlab chiqilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ikki tomonlama va bir tomonlama polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarda funksional endoskopik sinus jarrohlik va minimal invaziv sinus jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishni tanlash maqsadida ko‘rsatkichlar jamlanmasi ishlab chiqilganligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 7 kundan 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1500000 so‘mga  kamaytirgan (Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 500000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 100000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: ikki tomonlama va bir tomonlama polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarda funksional endoskopik sinus jarrohlik va minimal invaziv sinus jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishni tanlash maqsadida ko‘rsatkichlar jamlanmasi ishlab chiqilganligi, o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirishga karatilgan qo‘shimcha davolash choralarini bajarilishiga imkon berishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Surunkali polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash va reabilitatsiyasini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 10 apreldagi 04/2185-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kompleks tekshiruv natijasida jarrohlik usulini tanlash, betametazon dipropionat dori vositasini shimdirilgan gemostatik tamponi mahalliy qo‘llash va burun yondosh bo‘shliqlariga dori vositalarini yuborish orqali surunkali polipoz rinosinusitni davolash va reabilitatsiya qilish algoritmi joriy qilingan, surunkali polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarda davolash choralaridan oldin va keyingi hayot sifatining o‘zgarishini baxolash orkali o‘tkazilgan davolash samaradorligi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida, asoratlar rivojlanishi omilini kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq 02.04.2023 y.; №9/2) Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.04.2023 y.; № 8/1) hamda Gijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (10.04.2023 y.; № 11/1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kompleks tekshiruv natijasida jarrohlik usulini tanlash, betametazon dipropionat dori vositasini shimdirilgan gemostatik tiqmani mahalliy qo‘llash va burun yondosh bo‘shliqlariga dori vositalarini yuborish orqali surunkali polipoz rinosinusitni davolash va reabilitatsiya qilish algoritmi joriy qilinib, surunkali polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarda davolash choralaridan oldin va keyingi hayot sifatining o‘zgarishi isbotlangan va o‘tkazilgan davolash samaradorligi qiyosiy baholangan bo‘lib, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kompleks tekshiruv natijasida jarrohlik usulini tanlash, betametazon dipropionat dori vositasini shimdirilgan gemostatik tiqmani mahalliy qo‘llash va burun yondosh bo‘shliqlariga dori vositalarini yuborish orqali surunkali polipoz rinosinusitni davolash va reabilitatsiya qilish algoritmi joriy qilinib, ular rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga  qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 300000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: kompleks tekshiruv natijasida jarrohlik usulini tanlash, betametazon dipropionat dori vositasini shimdirilgan gemostatik tiqmani mahalliy qo‘llash va burun yondosh bo‘shliqlariga dori vositalarini yuborish orqali surunkali polipoz rinosinusitni davolash va reabilitatsiya qilish algoritmi joriy qilingan bo‘lib, ularni qo‘llashni shifoxona amaliyotiga  joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1500000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 300000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Surunkali polipoz rinosinusit bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash va reabilitatsiyasini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 10 apreldagi 04/2185-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish