Mardonov Aminjon Amonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlarini ekonometrik modellashtirish” 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1677  
Ilmiy rahbar: Alimov Raimjon Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Sh.Sh Turaev iqtisodiyot fanlari doktori,   professor, T.S.Turg‘unov, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: aholi turmush darajasi ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va tendensiyalardagi o‘zgarishlarni ekonometrik modellarni tuzish asosida baholash va istiqbollarini prognozlash yuzasidan  ilmiy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholi turmush darajasini tizimli baholash maqsadida daromadlar tarkibi va xarajatlar tasnifini hisobga olib, daromadlilik darajasini ifodalovchi darajali, tuzilmaviy va dinamik ko‘rsatkichlar hamda jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy iste’molni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan;
xalqaro standartlar asosida uy xo‘jaligi sektorining statistik tanlanma kuzatuvlarida daromadlarning shakllanishi, xarajatlarning tasniflanishi, iste’mol hamda jamg‘armalarning umumlashgan ko‘rsatkichlaridan kompleks foydalanishni ifodalovchi turmush darajasi (joriy daromadlar, jamg‘armalar, pullik xizmatlar qiymati), aholi pul daromadlari (nominal, ixtiyoridagi, real), tovar va xizmatlar iste’moli, jamg‘arma-larning o‘sishi (kamayishi) kabi ko‘rsatkichlarni shakllantirish taklif qilingan;
aholi turmush darajasini to‘laqonli ekonometrik baholash hamda ko‘p omilli tahlil qilish asosida, balans usuli yordamida aholi pul daromadlari va xarajatlari tarkibiy tuzilishini ifodalovchi integral statistik ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
aholi turmush darajasining istiqboldagi holatini baholash maqsadida natijaviy ko‘rsatkichlarning ko‘p omilli ekonometrik tahlili asosida o‘rta muddatli (2023-2028-yillar) prognozlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga tatbiq etildi:
aholi turmush darajasini tizimli baholash maqsadida daromadlar tarkibi va xarajatlar tasnifini hisobga olib, daromadlilik darajasini ifodalovchi  darajali, tuzilmaviy va dinamik ko‘rsatkichlar hamda jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy iste’molni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining 2024-yil 15-apreldagi 01/3-13-10-30 –sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy takliflar aholi turmush tarzini farovonlashtirish va pul daromadlari darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash, asosiy tendensiyalarni statistik usullarda baholash imkoniyatlarini kengaytirgan;
aholi turmush darajasini to‘laqonli ekonometrik baholash hamda ko‘p omilli tahlil qilish asosida balans usuli yordamida aholi pul daromadlari va xarajatlari tarkibiy tuzilishini ifodalovchi integral statistik ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining 2024-yil 15-apreldagi 01/3-13-10-30 –sonli ma’lumotnomasi). Ushbu nazariy-uslubiy yondashuvlar aholi daromadlari va turmush darajasini statistik tahlil qilish hamda ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha statistik uslubiyatni takomillashtirish imkonini bergan;
xalqaro standartlar asosida uy xo‘jaligi sektorining statistik tanlanma kuzatuvlarida ularning daromadlarining shakllanishi, xarajatlarining tasniflanishi hamda iste’mol va jamg‘armalarining umumlashgan ko‘rsatkichlaridan kompleks foydalanishni ifodalovchi turmush darajasi mezonlari (joriy daromadlar, jamg‘armalar, pullik xizmatlar qiymati) va aholi pul daromadlari (birlamchi, ixtiyoridagi, real), tovar va xizmatlar iste’moli (tarkibi, dinamikasi va hajmi), jamg‘armalarning o‘sishi (kamayishi) kabi ko‘rsatkichlarni baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan  takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining 2024-yil 15-apreldagi 01/3-13-10-30 –sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar uy xo‘jaliklari byudjeti faoliyatini tanlanma kuzatuvlar asosida to‘la qonli statistik baholash, kompleks statistik tahlil qilish hamda istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash imkoniyatlarini oshirgan;  
 O‘zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasining istiqboldagi holatini baholash maqsadida o‘rta muddatli (2023-2028-yillar) prognozlar ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutini 2023-yil 4-oktyabrdagi 01/1-01-15/2-170 –sonli ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy takliflar kelgusida aholi turmush darajasining holati, uning daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarini kompleks statistik baholash imkonini oshirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish