Qalandarov Ravshan Husanovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Dehqon xo‘jaliklarida go‘sht ishllab chiqarishning aholi daromadlariga ta’sirini baholash (Samarqand viloyati misolida), 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3202
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD 03/29.12.2022.I.111.01
Rasmiy opponentlar:
Mirzaev Qulmamat Djonuzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Fayzieva Shirin Shodmonovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor v.b
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dehqon xo‘jaliklarida go‘sht ishlab chiqarishning aholi daromadlariga ta’sirini iqtisodiy baholash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dehqon xo‘jaliklarida qoramollarni bo‘rdoqiga boqishdan olinadigan daromadga ta’sir etuvchi sifat (dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining asosiy ish faoliyati, dehqon xo‘jaliklari va omuxta-em shahobchasi o‘rtasida hamkorlik hamda mahsuldor qoramol mavjudligi) va miqdoriy (omuxta-em shahobchasigacha bo‘lgan masofa, qoramol bosh soni, omuxta-em xarajatlari, oila a’zolari soni) omillarning birgalikda “Tobit” modeli asosida iqtisodiy baholashni uslubiy yondashuvi asoslangan;
Chi2 (Chi-squared) testi va Kendall qiymati natijalariga ko'ra, qoramollarni optimal oziqlantirish va ozuqa turlarini diversifikatsiyalash asosida go‘sht ishlab chiqarishdan olingan aholi daromadlarining oshishi aniqlangan;
qoramollarni bo‘rdoqiga boqishdan olingan daromadni oshirishda dehqon xo‘jaliklari, omuxta-em shahobchalari va mahallada qoramolchilik bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar o‘rtasidagi integrasiyani ifodalovchi tashkiliy tuzilma asoslangan;
dehqon xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqariladigan go‘sht mahsulotlarining 2028-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dehqon xo‘jaliklarida go‘sht ishlab chiqarishdan olingan daromadlarni ta’sirini baholash bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
dehqon xo‘jaliklarida qoramollarni bo‘rdoqiga boqishdan olinadigan daromadga ta’sir etuvchi sifat (dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining asosiy ish faoliyati, dehqon xo‘jaliklari va omuxta-em shahobchasi o‘rtasida hamkorlik va mahsuldor qoramollarning mavjudligi) va miqdoriy (omuxta-em shahobchasigacha bo‘lgan masofa, qoramol bosh soni, omuxta-em xarajatlari, oila a’zolar soni) omillarning birgalikda “Tobit” modeli asosida iqtisodiy baholash bo‘yicha uslubiy yondashuvi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi 06/27-06270-son ma’lumotnomasi). Natijada, dehqon xo‘jaliklarida qoramollarni bo‘rdoqiga boqishdan olinadigan daromadga ta’sir etuvchi sifat va miqdoriy omillarning ta’sir darajalarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
Chi2 (Chi-squared) testi va Kendall qiymati natijalariga ko'ra, qoramollarni optimal oziqlantirish va ozuqa turlarini diversifikatsiyalash asosida go‘sht ishlab chiqarishdan olingan aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi 06/27-06270-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoramollarni bo‘rdoqiga boqish jarayonlarida ozuqa turlari bo‘yicha oziqlantirish me’yorlarini belgilash va oziqlantirishni diversifikatsiyalash hisobiga dehqon xo‘jaliklarida go‘sht ishlab chiqarishdan olingan daromadni 45,64 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
qoramollarni bo‘rdoqiga boqishdan olingan daromadni oshirishda dehqon xo‘jaliklari, omuxta-em shahobchalari va mahallada qoramolchilik bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar o‘rtasidagi integrasiyani ifodalovchi tashkiliy tuzilma bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi 06/27-06270-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Oqdaryo, Jomboy va Urgut tumanlarida dehqon xo‘jaliklari va omuxta-em shahobcha o‘rtasida integrasiyani tashkil qilish hisobiga bo‘rdoqiga boqilayotgan qoramoldan olinadigan daromadni bir bosh qoramolga nisbatan 6032,224 ming so‘mga oshirish asoslangan;
dehqon xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqariladigan go‘sht mahsulotining 2028-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi 06/27-06270-son ma’lumotnomasi). Natijada 2028-yilda dehqon xo‘jaliklari tomonidan qoramol go‘shti ishlab chiqarish hajmi 212644,1 tonnani tashkil etishi yoki 2022-yilga nisbatan 106,3 foizga oshishi aniqlangan.