Po‘latov Abror Obidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Induksion pechlarni issiqlik rejimlari va ularni energiya samaradorligini oshirish», 05.05.02–Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/T413.
Ilmiy rahbar: Xashimov Arifjon Adilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Fozildjon Abidovich, texnika fanlari doktori, professor; Alimxodjaev Kamoliddin Tillaxodjaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: induksion pechlarning barqaror va noturg‘un issiqlik ish rejimlari va parametrlarini issiqlik modeli yordamida xisoblash usulini takomillashtirish hamda chastotaviy boshqaruv tizimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
induksion tigel va kanal pechlarining barqaror va noturg‘un ish rejimlari uchun tigeldagi yuklamaning turli xil qiymatlariga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi energiya samarador parametrlarni hisoblashni takomillashtirilgan usulini ishlab chiqish;
ekvivalent issiqlik sxemalar usulini hisobga olgan holda, induksion tigel va kanal pechlarning matematik modeli ishlab chiqilgan;
induksion pechlarda eritilayotgan metall va uning aktiv qismlarida sodir bo‘ladigan termik jarayonlarni tezkor hisoblash imkonini beradigan, issiqlik balans tenglamalari asosida ekvivalent issiqlik sxemalari takomillashtirilgan;
induksion kanal pechlarda metall eritish jarayonini chastota orqali rostlaydigan avtomatik boshqarish tizimi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Induksion pechlar energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’minot manbaidan induksion pechga uzatilayotgan elektr energiyasini chastotali rostlanadigan funksional sxemasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidagi korxonada xususan, “Toshkent mexanika zavodi” AJda joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2018 yil 28 maydagi NG/2652-son ma’lumotnomasi). Natijada elektropech` induktor quvvatini yuklangan metallga samarali etkazish aniqligi xisobiga eritish vaqtini 10%gacha kamaytirish imkonini bergan.
induksion tigel` pechda eritilayotgan metall xaroratini istalgan vaqtda termik model orqali bilvosita aniqlash bloki “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidagi korxonada xususan, “Toshkent mexanika zavodi” AJda joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2018 yil 28 maydagi NG/2652-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tga chidamli materialdan tayyorlangan ediriluvchan pech` tigelini xizmat muddatini 10%gacha uzaytirish va ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni 3-5 %ga oshirish imkoni yaratilgan.
induksion kanal pechlarini avtomatik boshqarish tizimi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidagi korxonada xususan, “Toshkent mexanika zavodi” AJda joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJning 2018 yil 28 maydagi NG/2652-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada elektr pechlar xizmat muddatini 8-10 yilga uzaytirish va elektr yo‘qotishlarni
5-7%ga qisqartirish imkoniyati yaratilgan.