Asqarova Nargiza Ilhomxo‘jaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2540.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Sherzodbek Baxtiyarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzanov Berdak Joldasbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatida KBXTni innovatsion rivojlantirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyatida KBXTning asosiy iqtisodiyot tarmoqlaridagi rivojlanish salohiyatini miqdoriy baholashning quyi (0,51-0,69), o‘rta (0,70-0,80), yuqori (0,81-1) mezonlar asosida samaradorlik ko‘rsatkichlari taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyatining tuman va shaharlari hamda klasterlar kesimida KBXTning rivojlanish koeffisientini hisoblashning 〖DC〗_ij=(1+k ̅_i-k ̅_i^max)/(1+k ̅_i^max-k ̅_i*〖SI〗_j ) modeli taklif etilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida innovatsion resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish natijasida YaHM hajmining o‘rtacha o‘sish sur’atini 1,42 foizga, YaHM da KBXT ulushini 1,2 foizga oshishini ta’minlashning ekonometrik modellari ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 2024-2029-yillarda innovatsion rivojlantirish prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada KBXTni innovatsion rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo viloyatida KBXTning asosiy iqtisodiyot tarmoqlaridagi rivojlanish salohiyatini miqdoriy baholashning quyi (0,51-0,69), o‘rta (0,70-0,80), yuqori (0,81-1) mezonlari asosida samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2021-yil 21-maydagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-4-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 31-iyuldagi 07/3443-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyati KBXT sub’ektlari faoliyatini innovatsion tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan, mintaqada tarkibiy hududlarning rivojlanish darajasini miqdoriy baholash imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatining tuman va shaharlari hamda klasterlar kesimida KBXTning rivojlanish koeffisientini hisoblashning 〖DC〗_ij=(1+k ̅_i-k ̅_i^max)/(1+k ̅_i^max-k ̅_i*〖SI〗_j ) modeli bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2021-yil 21-maydagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-4-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 31-iyuldagi 07/3443-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiyot sektorlarida KBvaXTni rivojlantirishning ishlab chiqarish tarkibiy o‘zgarishlari miqdoriy mezoniga ko‘ra Qashqadaryo viloyati sanoat ishlab chiqarishida 10,8 foiz, qurilish tarmog‘ida 7,5 foiz, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida 45,5 foiz, savdoda 19,5 foiz, xizmat ko‘rsatishda 13,5 foiz ulush bilan KBXT sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarish barqarorligi ta’minlangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida innovatsion resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish natijasida YaHM hajmining o‘rtacha o‘sish sur’atini 1,42 foizga, YaHM da KBXT ulushini 1,2 foizga oshishini ta’minlashning ekonometrik modellari bo‘yicha taklifdan Qashqadaryo viloyati xokimining 2021-yil 21-maydagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-4-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 31-iyuldagi 07/3443-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqa tarkibiy hududlarida innovatsion turizm, sanoatda innovatsion ishlab chiqarish, umumiy ovqatlanish xizmatlarini innovatsion tashkil etish, innovatsion asalarichilik, innovatsion chorvachilik, dehqonchilik tarmog‘ini intensivlashtirish, innovatsion parrandachilik, issiqxona biznesi, innovatsion baliqchilik va sabzavotchilik, intensiv bog‘dorchilik, hunarmanchilik faoliyatini innovatsion rivojlantirish natijasida YaHM hajmini oshirish imkoniyati yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida KBXTni 2024-2029-yillarda innovatsion rivojlantirish prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati xokimining 2021-yil 21-maydagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 209-4-0-Q/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 31-iyuldagi 07/3443-son ma’lumotnomasi) Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi Qashqadaryo viloyatida KBXTning YaHM tarkibidagi ulushini oshirishga xizmat qilgan.