Ziyodilloev Xushnud Rahimboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari kredit portfelini optimallashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2967
Ilmiy rahbar: Rasulov Tulqin Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Sattorov Odiljon Berdimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunov Anvar Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tijorat banklari kredit portfelini optimallashtirishning nazariy-uslubiy asoslari hamda banklarning optimal kredit portfelini shakllantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar samaradorligi hamda kredit portfeli sifatini oshirishni kredit to‘lovining daromadga (payment-to-income, PTI) nisbati cheklovini tavakkalchilikka tortilgan aktivlarga nisbatan 75 foizgacha qat’iylashtirish orqali ta’minlash asoslangan;
tijorat banklari kredit portfelini qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati (dept-service-ratio, DSR) va kreditlarning daromadlarga (debt-service-to-income, DSTI) nisbatining maqbul me’yorini ta’minlash orqali tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni samaradorligi hamda kredit portfeli diversifikatsiyasining yuqori darajasiga erishish asoslangan;
optimal kredit portfelini shakllantirish va berilgan kreditlarning samaradorligini oshirishda kredit summasini garov summasiga (loan-to-value, LTV) nisbati cheklovini tavakkalchilikka tortilgan aktivlarga nisbatan 85 foizgacha etkazish asosida optimallashtirish asoslangan;
tijorat banklarining kreditga yo‘naltirilgan resurslari hajmiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi “Parametric Model” ekonometrik modeli asosida kredit portfelini optimallashtirishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklari kredit portfelini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar samaradorligi hamda kredit portfeli sifatini oshirishni kredit to‘lovining daromadga (payment-to-income, PTI) nisbati cheklovini tavakkalchilikka tortilgan aktivlarga nisbatan 75 foizgacha qat’iylashtirish orqali ta’minlash taklifi “Mikrokreditbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” ATBning 2024-yil 17-yanvardagi 02-27/1472-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi “Mikrokreditbank” ATBning kredit portfeli tarkibidagi muammoli kreditlar (NPL) miqdori optimal holatga keltirilib, kredit portfelida NPL ulishini o‘rtacha 0,8-1,2% oraliqda kamaytirish imkonini bergan;
tijorat banklari kredit portfelini qarzga xizmat ko‘rsatish nisbati (dept-service-ratio, DSR) va kreditlarning daromadlarga (debt-service-to-income, DSTI) nisbatining maqbul me’yorini ta’minlash orqali tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni samaradorligi hamda kredit portfeli diversifikatsiyasining yuqori darajasiga erishish taklifi “Mikrokreditbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” ATBning 2024-yil 17-yanvardagi 02-27/1472-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi “Mikrokreditbank” ATBning kredit portfeli sifatini oshirish, bank kredit portfelini daromadlilik va risklilikka ko‘ra tahlil etilishi asosida optimallashtirish imkonini yaratgan;
optimal kredit portfelini shakllantirish va berilgan kreditlarning samaradorligini oshirishda kredit summasini garov summasiga (loan-to-value, LTV) nisbati cheklovini tavakkalchilikka tortilgan aktivlarga nisbatan 85 foizgacha etkazish asosida optimallashtirish taklifi “Mikrokreditbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” ATBning 2024-yil 17-yanvardagi 02-27/1472-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi “Mikrokreditbank” ATBning kredit portfeli tarkibidagi muammoli kreditlar (NPL) miqdori optimal holatga keltirilib, kredit portfelida NPL ulushini o‘rtacha 0,8-1,2% oraliqda kamaytirish imkonini bergan;
tijorat banklarining kreditga yo‘naltirilgan resurslari hajmiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi “Parametric Model” ekonometrik modeli asosida kredit portfelini optimallashtirishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi “Mikrokreditbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” ATBning 2024-yil 17-yanvardagi 02-27/1472-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Mikrokreditbank” ATBning tarmoqlar bo‘yicha kredit portfeli optimal holatga keltirilib, bankning kapital daromadliligi (ROE) darajasini 2,2% gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish