Mamarasulov Ulug‘bek Umirzoqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sport estetikasini rivojlantirishning falsafiy masalalari”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal584.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar Matkarimova Jamila Durdievna,falsafa fanlari doktori, dotsent; Eshonqulov Laziz Norqobul o‘g‘li, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sportga bo‘lgan estetik munosabatni va etnosport turlarining falsafiy-axloqiy sifatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sport o‘yinlarining tarbiyaviy mohiyatidagi qahramonlik, go‘zallik, quvonch, relaksatsiya singari estetik belgilari milliy qadriyatlarni ulug‘laydigan yoshlar dunyoqarashini rivojlanishiga barqaror ta’sir etishi falsafiy dalillangan;
jamiyatda sportga bo‘lgan reproduktiv, evdemonistik, tetiklik, chaqqonlik kabi estetik munosabat yoshlar organizmining filogenetik, fiziologik rivojlanish bosqichlariga muvofiq kelishi mantiqiy asoslangan;
yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasiga muvofiq milliy, xalqchil sport tizimini yaratish zarurati shaxs estetik madaniyati rivojiga kognitiv, integrativ, regulyativ va funksional ta’siri aniqlangan.
o‘zbek xalqi etnosport turlari mohiyatida mavjud birdamlik, mardlik, dadillik, epchillik kabi mental xususiyatlar yoshlarning jismoniy, aqliy, axloqiy qobiliyatlarini yaxshilash orqali estetik tafakkurini yuksaltirishga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisa ekanligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekistonda sportga bo‘lgan estetik munosabatni rivojlantirish, fuqarolar jismoniy madaniyatini shakllantirishda estetik qadriyatlarning ahamiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar asosida:
sport o‘yinlarining tarbiyaviy mohiyatidagi qahramonlik, go‘zallik, quvonch, relaksatsiya singari estetik belgilari milliy qadriyatlarni ulug‘laydigan yoshlar dunyoqarashini rivojlanishiga barqaror ta’sir etishiga oid nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan OT-A1-98 raqamli O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi “Jamiyatni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonida estetik tarbiyani rivojlantirishning milliy asoslari” mavzusidagi amaliy loyiha ijrosini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 30-martdagi 04/11-1695-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish aholini, birinchi navbatda yoshlar va bolalarni sport bilan shug‘ullanish zarurligini anglash ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
jamiyatda sportga bo‘lgan reproduktiv, evdemonistik, tetiklik, chaqqonlik kabi estetik munosabat yoshlar organizmining filogenetik, fiziologik rivojlanish bosqichlariga muvofiq kelishiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” mavzusidagi loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2023-yil 28-martdagi 04/9-10-12-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining faoliyat samaradorligini oshirishga hamda insonlarning sog‘lom turmush tarzini yuksaltirishga xizmat qilgan;
yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasiga muvofiq milliy, xalqchil sport tizimini yaratish zarurati shaxs estetik madaniyati rivojiga kognitiv, integrativ, regulyativ va funksional ta’siriga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining “Sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyat va tabiatni asrash masalalari” nomli IX yo‘nalishidagi “Milliy o‘yinlar va sport musobaqalarning xalqni birlashtirishdagi imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi 47 bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 27-apreldagi 161-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qilgan;
o‘zbek xalqi etnosport turlari mohiyatida mavjud birdamlik, mardlik, dadillik, epchillik kabi mental xususiyatlar yoshlarning jismoniy, aqliy, axloqiy qobiliyatlarini yaxshilash orqali estetik tafakkurini yuksaltirishga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisa ekanligiga doir ilmiy, amaliy hamda metodologik g‘oyalar, taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Samarqand” telekanalida 2023-yilda efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-martdagi 01-07/95-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning ilmiy saviyasi va axloqiy-estetik tarbiyaviy ahamiyati oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish