Karimova Ra’no Malikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik falsafasi – mamlakat milliy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘tarishning g‘oyaviy-mafkuraviy asosi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fa1391
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Muhamadiev Nurmat Ergashevich, falsafa fanlari  nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isaxonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Shermanov Isobek Chilmamatovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik falsafasi - ilmiy-nazariy ta’limot sifatida mamlakatimiz milliy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘tarishning g‘oyaviy-mafkuraviy asosi ekanligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik ‒ falsafiy ta’limot sifatida uning aholini buzg‘unchi g‘oya va mafkuralar xurujidan himoya qilishdagi asosiy kategorial apparatining ishlash mexanizmi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy  ahamiyatga ega bo‘lgan metodologik konsepsiyalar asosida takomillashtirilgan;
mamlakat mustaqilligini mustahkamlash  va jamiyat hayotida yangicha miqdoriy hamda sifatiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga olib kelishi ko‘p jihatdan har bir shaxsning milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘zlashtirganlik darajasi bilan bog‘liqligi falsafiy asoslangan;
har bir fuqaroning erkinligini ta’minlash orqali xalq hokimiyatini amalda joriy qilish va unga rahna soluvchi g‘oyaviy-mafkuraviy tajovuzlarni oldini olishda keng jamoatchilikning nazorat, tartibga solish, monitoring kabi funksionalligini oshirish zaruriyati aniqlangan;
mamlakat milliy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘tarishda yoshlarning ulg‘ayish davrlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan  mustaqillik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos ijtimoiy-funksional, taktik-baholovchi, strategik yo‘naltiruvchi mezonlaridan foydalanish substansional asosga ega ekanligi mantiqiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mustaqillik falsafasi – mamlakat milliy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘tarishning g‘oyaviy-mafkuraviy asosi ekanligi bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida:
mustaqillik ‒ falsafiy ta’limot sifatida uning aholini buzg‘unchi g‘oya va mafkuralar xurujidan himoya qilishdagi asosiy kategorial apparatining ishlash mexanizmi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy  ahamiyatga ega bo‘lgan metodologik konsepsiyalar asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash” chora-tadbirlar dasturining “Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash orqali davlat boshqaruvida turli jinsdagi shaxslarning ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish” mavzusidagi 65-bandi ijrosini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirislr va bandlik vazirligining 2023-yil 15-iyundagi 01/00-0Z/24-4983-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash, rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan tadqiqotlar va metodologik yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
mamlakat mustaqilligini mustahkamlash  va jamiyat hayotida yangicha miqdoriy hamda sifatiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga olib kelishi ko‘p jihatdan har bir shaxsning milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘zlashtirganlik darajasi bilan bog‘liqligiga oid  ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyoti muzeyining elektron katalogini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2023-yil 2-iyundagi 02-06/1799-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzey ashyolari va eksponatlari orqali yosh avlodga ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, ilmiy-tarbiyaviy kabi umuminsoniy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhini shakllantirishda muhim manbalardan biri bo‘lib xizmat qilgan;
    har bir fuqaroning erkinligini ta’minlash orqali xalq hokimiyatini amalda joriy qilish va unga rahna soluvchi g‘oyaviy-mafkuraviy tajovuzlarni oldini olishda keng jamoatchilikning nazorat, tartibga solish, monitoring kabi funksionalligini oshirish zaruriyati aniqlanganligiga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqotning markazi tomonidan  2021-yilda bajarilgan “Jamiyat barqarorligini ta’minlashda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning innovatsion omillari” mavzusidagi 07-raqamli amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2023-yil 22-maydagi 13-son ma’lumotnomasi). Natijada, grand loyihasini yanada takomillashtirish asosida jamiyatda mustaqillik falsafasi borasidagi g‘oyaviy tasavvurlarni oshirishda metodologik asos bo‘lib xizmat  qilgan;
mamlakat milliy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘tarishda yoshlarning ulg‘ayish davrlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan  mustaqillik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos ijtimoiy-funksional, taktik-baholovchi, strategik yo‘naltiruvchi mezonlaridan foydalanish substansional asosga ega ekanligi mantiqiy isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2022-2023 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”,  “Millat va ma’naviyat” teledasturlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi davlat muassasasining 2023-yil 25-maydagi 04-36-818-son ma’lumotnomasi). Natijada, ommaviy axborot vositalarining an’anaviy rolini va ularning jamiyat ko‘zgusi sifatidagi vazifasini amalga oshirishga, shu bilan birga, mamlakatning mustaqillik tizimini yanada kuchaytirish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish