Djalilov Faxriddin Azimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2531.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Qulmamat Jonizakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turdibekov Xasan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish tizimi xizmat ko‘rsatishda “o‘zaro munosabatlar marketingi”dan faol foydalanishga ko‘ra raqobat bozorida yangi turdagi xizmatni sertifikatlash kabilarni e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
raqobat bozorida yangi turdagi xizmatni realizatsiya qilish jarayoni marketing tadqiqoti va marketing amaliyotida innovatsion loyiha natijalari realizatsiyasi va joriy resurslar ta’minoti bilan bog‘liq marketing risklari nazoratiga ko‘ra takomillashtirilgan;
iqtisodiyot transformatsiyalashuvi jarayonida xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga ko‘ra hududiy innovatsion infratuzilma elementlari zaruriy tarkibi optimal darajasini shakllantirish va barqaror aloqalarini o‘rnatish orqali xizmat ko‘rsatish sohasi sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash taklifi asoslangan;
tender asosida innovatsion ishlanmalar va loyihalarni realizatsiya qilish, kichik innovatsion korxonalarga imtiyozli kreditlar uchun davlat kafolatlarini taqdim etish asosida xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish tizimi xizmat ko‘rsatishda “o‘zaro munosabatlar marketingi”dan faol foydalanishga ko‘ra raqobat bozorida yangi turdagi xizmatni sertifikatlash kabilarni e’tiborga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2022-2023 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 28 apreldagi 11/03-15-4985-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni guruhlash orqali innovatsion faoliyat natijadorligiga erishish yo‘nalishlarini aniqlashtirish imkoniyatini  kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
raqobat bozorida yangi turdagi xizmatni realizatsiya qilish jarayoni marketing tadqiqoti va marketing amaliyotida innovatsion loyiha natijalari realizatsiyasi va joriy resurslar ta’minoti bilan bog‘liq marketing risklari nazoratiga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2022-2023 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 28 apreldagi 11/03-15-4985-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmatlar bozorida yangi turdagi xizmatlarni realizatsiya qilishni marketing faoliyatini amalga oshirishdan uni xizmatlar bozoriga chiqishigacha bo‘lgan bosqichlarning har birida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni aniqlash imkonini kengaytirishga xizmat qilgan;
iqtisodiyot transformatsiyalashuvi jarayonida xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga ko‘ra hududiy innovatsion infratuzilma elementlari zaruriy tarkibi optimal darajasini shakllantirish va barqaror aloqalarini o‘rnatish orqali xizmat ko‘rsatish sohasi sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash taklifi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2022-2023 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 28 apreldagi 11/03-15-4985-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xizmat ko‘rsatish korxonalari innovatsion faoliligini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikni 0,18 %ga o‘sish imkonini bergan;
tender asosida innovatsion ishlanmalar va loyihalarni realizatsiya qilish, kichik innovatsion korxonalarga imtiyozli kreditlar uchun davlat kafolatlarini taqdim etish asosida xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2022-2023 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 28 apreldagi 11/03-15-4985-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududlarda sohani rivojlantirish strategiyalari, kompleks dasturlari va soha yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasini” ishlab chiqishning ilmiy asoslanganlik darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish