Umarov Omonilla Saydaminovichning

falsafa doktori (phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kommunal to‘lovlari jarayonlarini axborot tizimlari asosida samarali tashkil etishning tadqiqoti» («Toshkentshahargaz» filiali misolida), 08.00.14–Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Iqt189.

Ilmiy rahbar: Begalov Bahodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Kenjabaev Aman Turg‘unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sultanova Sonya Maxmudovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: axborot tizimlari asosida kommunal to‘lovlari hisob-kitobi jarayonlarini samarali amalga oshirish hamda optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilishning axborot ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

iste’molchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda ma’lumotlar bazasini optimal tashkil qilishning dasturiy-texnologik ta’minoti va yagona operator tamoyili asosida shahar (tuman) gaz etkazib berish hisob-kitob  yig‘ma balanslarini  tayyorlash va ularning monitoringini yuritish texnologiyalari takomillashtirilgan;

gaz etkazib berish bosqichlarida umumiy gaz yo‘qotishlar miqdorini to‘g‘ri hisoblash va iste’molchilarga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi to‘lovlarining ob’ektiv va tezkor nazoratini axborot tizimlari asosida  tashkil qilish asoslab berilgan;

raqobat muhitida tabiiy gazni iste’molchilarga sotish bo‘yicha elektron savdo maydonchasi faoliyatini  tashkil qilish asoslangan;

iste’molchilar bilan gaz etkazib beruvchilar o‘rtasidagi hisob-kitoblarga  sarflanadigan mehnat xarajatlari va ularda axborotlarni kiritish, qayta ishlash, tahlil qilish va taqdim etishga ketgan xarajatlarning axborot tizimlarini keng joriy qilish natijasida kamaytirish asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kommunal  to‘lovlari  jarayonlarini  axborot tizimlari  asosida  samarali  tashkil  etish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:

iste’molchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda ma’lumotlar bazasini optimal  tashkil qilishning dasturiy-texnologik ta’minoti va  yagona operator tamoyili asosida shahar (tuman) gaz etkazib berish hisob-kitob yig‘ma balanslarini tayyorlash va ularning monitoringini yuritish texnologiyalari “O‘ztransgaz” AKning faoliyatiga joriy etilgan (“O‘ztransgaz” AKning 2017 yil 7 dekabrdagi  02-03-23ASUP-663/7649-son ma’lumotnomasi). Bu mintaqaviy gaz etkazib berish majmui darajasida nazarda tutilayotgan integral axborotlar mexanizmlari va tabiiy gazni etkazib berish bo‘yicha yagona operator doirasida o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlari gaz tizimlari ob’ektlarining optimal ishlashini ta’minlab berdi. Natijada tabiiy gaz korxonalari vazifalari va vakolatlari doirasida aholiga etkazib berilgan gazning hajmi, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar hajmi bo‘yicha axborotlar avtomatlashtirilgan holda qayta ishlanib, to‘plangan ma’lumotlar asosida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga erishilgan;

gaz etkazib berish hisoblari balansi ma’lumotlari, gaz yo‘qotishlarni hisoblash, ko‘rsatilgan xizmatlarni avtomatik ravishda aks ettirishni ob’ektiv hisobini yuritishni amalga oshirish bo‘yicha axborot tizimlarining funksional imkoniyatlaridan “Toshkentshahargaz” korxonasi amaliyotida foydalanilgan (“O‘ztransgaz” AKning 2017 yil 7 dekabrdagi 02-03-23ASUP-663/7649-son ma’lumotnomasi). Unga ko‘ra tezkor balanslar serveri yordamida mamlakatimiz sub’ekti darajasida tabiiy gazni etkazib berishning axborotlar manbaini tayyorlab, gaz etkazib berish balansini tezkor nazorat qilishni tashkil etish va shahar gaz korxonasining gaz etkazib berishining yig‘ma balanslari shakllantirildi. Natijada 2017 yilning II chorak ma’lumotlariga asosan, Toshkent shahri bo‘yicha tabiiy gaz kommunal to‘lovlarining debitorlik qarzdorligini undirish bo‘yicha tushgan tushum 9 556mln. so‘mga ko‘paygan;

tarmoqning gaz ishlab chiqaruvchilari tomonidan iste’molchilarga gazni etkazib berish bo‘yicha raqobat muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida elektron savdo maydonchasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish texnologiyasi bo‘yicha berilgan takliflar “O‘ztransgaz” AKning faoliyatiga joriy etilgan (“O‘ztransgaz” AKning 2017 yil 7 dekabrdagi 02-03-23ASUP-663/7649-son ma’lumotnomasi). Natijada  gazni ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va xaridorlarga xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etish takomillashtirilgan;

axborot tizimlarini keng joriy qilish hisobiga kommunal to‘lovlarini amalga oshirishda sarflanadigan xarajatlar 48 foizga kamaytirilgan (“O‘ztransgaz” AKning 2017 yil 20 oktyabrdagi 02-03-615/6431-son ma’lumotnomasi). Kommunal to‘lovlarini amalga oshirishda axborot tizimlarini qo‘llash natijasida 42,03 mln. so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish