Garanova Viktoriya Aleksandrovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda mehnatga haq to‘lash bo‘yicha iqtisodiy munosabatlarning nazariy asoslari”, 08.00.07 –Moliya, pul muomalasi va kredit hamda 08.00.01 –Iqtisodiyot nazariyasi.(iqtisodiet fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt1641.
Ilmiy rahbar: Shadmanov Erkin Sherkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulev Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublika jazoni ijro etish tizimidagi mahkumlarga haq to‘lash bo‘yicha iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra respublika Jazoni ijro etish tizimi korxonalari uchun “mahkumlar mehnatining o‘ziga xos xususiyatlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mahkum mehnatining ham jinoiy, ham mehnat qonunchiligi normalari asosida amal qilishi, jamiyatdan izolyasiya qilingan sharoitda mahkum mehnatining mohiyati sezilarli o‘zgarishlarga uchrashini namoyon etuvchi  ijtimoiy-huquqiy holatining kompleks tavsifga egaligi jihatidan takomillashtirilgan;
respublika jazoni ijro etish tizimidagi koloniyalar va manzil koloniyalarida jazoni o‘tayotgan mahkum pensionerlarga haq to‘lash, keksalik va nogironlik bo‘yicha pensiyalarni to‘lash asosida ularning ijtimoiy ta’minotini oshirish taklifi asoslangan;
mahkumlarga jazoni o‘tash davridagi mehnat faoliyatini ish stajiga kiritish asosida pensiya olish hamda  qonun hujjatlariga muvofiq mehnat ta’tillari va mehnatga layoqatsizlik varaqalari uchun haq to‘lash imkonini ta’minlovchi ish haqining 25 foizi miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash orqali ularni majburiy ijtimoiy sug‘urtalashni joriy etish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston penitensiar tizimini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiruvchi ekonometrik model` asosida mahkumlarning toifalari bo‘yicha o‘rtacha yillik soni, o‘rtacha oylik ish haqi, ish haqi fondi va ijtimoiy soliq summasining 2030 yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bevosita soliqlarni hisoblash, undirish hamda soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra respublika Jazoni ijro etish tizimi korxonalari uchun “mahkumlar mehnatining o‘ziga xos xususiyatlari” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mahkum mehnatining ham jinoiy, ham mehnat qonunchiligi normalari asosida amal qilishi, jamiyatdan izolyasiya qilingan sharoitda mahkum mehnatining mohiyati sezilarli o‘zgarishlarga uchrashini namoyon etuvchi  ijtimoiy-huquqiy holatining kompleks tavsifga egaligi jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtining 5740100 – Ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarishning qo‘mondonlik-muhandisligi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan  “Moliyaviy tahlil” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda mahkum mehnatining ham jinoiy, ham mehnat qonunchiligi normalari asosida amal qilishi, jamiyatdan izolyasiya qilingan sharoitda mahkum mehnatining mohiyati sezilarli o‘zgarishlarga uchrashini namoyon etuvchi ijtimoiy-huquqiy holatining kompleks tavsifga egaligi jihatidan takomillashtirilgan “mahkumlar mehnatining o‘ziga xos xususiyatlari” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
respublika jazoni ijro etish tizimidagi koloniyalar va manzil koloniyalarida jazoni o‘tayotgan mahkum pensionerlarga haq to‘lash, keksalik va nogironlik bo‘yicha pensiyalarni to‘lash asosida ularning ijtimoiy ta’minotini oshirish taklifi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi (96-modda) va O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuniga (43 va 53-moddalar) kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentining 2020-yil 3-noyabrdagi 28/14-766-sonli ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 -yil 13-maydagi 01/00-26/00-183 xdfu-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ushbu kategoriyadagi shaxslar uchun pensiya olish huquqini ta’minlash, ijtimoiy ta’minotini oshirish imkonini berib, yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish, ularni xalqaro standartlarga mos darajaga olib chiqish imkoni yaratilgan;
mahkumlarga jazoni o‘tash davridagi mehnat faoliyatini ish stajiga kiritish asosida pensiya olish hamda  qonun hujjatlariga muvofiq mehnat ta’tillari va mehnatga layoqatsizlik varaqalari uchun haq to‘lash imkonini ta’minlovchi ish haqining 25 foizi miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash orqali ularni majburiy ijtimoiy sug‘urtalashni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini hamda “O‘zbekiston Respublikasining mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 7-iyuldagi 30-sonli ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 13-maydagi 01/00-26/00-183 xdfu-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi jazoni ijro etish tizimidagi mahkumlarga ularning ish haqidan ijtimoiy soliq to‘lash mahkumlarning ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash davridagi mehnat faoliyatini ularning ish stajiga kiritish imkonini berib, ularga pensiya olish huquqini beradi, shuningdek, mahkumlarning mehnat ta’tillari va mehnatga layoqatsizlik varaqalari uchun haq to‘lash imkoniyatini yaratib, O‘zbekiston Respublikasi jazoni ijro etish tizimida mahkumlarning moddiy va ijtimoiy ta’minotini oshirish imkonini yaratgan;
O‘zbekiston penitensiar tizimini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiruvchi ekonometrik model` asosida mahkumlarning toifalari bo‘yicha o‘rtacha yillik soni, o‘rtacha oylik ish haqi, ish haqi fondi va ijtimoiy soliq summasining 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz qiymatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2024-yil 13-maydagi 01/00-26/00-183 xdfu-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda mahkumlar tomonidan ijtimoiy soliqning 25 foizi to‘langanda 2030 yilgi respublika davlat byudjetiga jami 62 691,5 million so‘m qo‘shilishi mumkinligini baholash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish