Xamdamov Sardor Farmon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxona moliyaviy siyosatini amalga oshirish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1912.
Ilmiy rahbar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Umid Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxona moliyaviy siyosatini amalga oshirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tasviyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «korxona moliyaviy siyosati» tushunchasi korxona moliyaviy resurslarini shakllantirish, ulardan oqilona va samarali foydalanishga yo‘naltirilgan boshqarish usullarining majmui sifatida asosiy va qo‘shimcha samaradorlik ko‘rsatkichlariga tizimlashtirilgan baholash jihatidan takomillashtirilgan;
korxona soliq majburiyatlarini rejalashtirish va samarali boshqarishda korporativ soliq madaniyati va soliq ahloqi tamoyillariga asoslangan, natijaga yo‘naltirilgan rag‘batlantirish tizimini qo‘llash taklifi ishlab chiqilgan;
«O‘zkimyosanoat» AJ tarkibidagi korxonalar moliyaviy-iqtisodiy jarayoni algoritmi aksiyadorlik jamiyatlaridagi alohida mustaqil amal qiluvchi moliyaviy loyihalar uchun maxsus moliyaviy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish talabiga ko‘ra takomillashtirilgan;
«O‘zkimyosanoat» AJ korxonasi moliyaviy siyosatida innovasion faollikni soliq samarasini baholashning ekonometrik modellari asosida 2030-yilga qadar asosiy prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxona moliyaviy siyosatini amalga oshirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tasviyalar asosida:
korxona soliq majburiyatlarini rejalashtirish va samarali boshqarishda korporativ soliq madaniyati va soliq ahloqi tamoyillariga asoslangan, natijaga yo‘naltirilgan rag‘batlantirish tizimini qo‘llash taklifi «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2023-yil 4-apreldagi №19-1-935-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning soliq majburiyatlari yuzasidan to‘lov intizomiga rioya etishi darajasi o‘tgan yildagiga nisbatan 2021-yilda 6,4 foizga, 2022-yilda esa 4,3 foizga o‘sgan va tegishli tarzda 2021-2022-yillarda soliqlar bo‘yicha jarima, penya va ustamalar kamayishi hisobiga korxona ixtiyorida 1,28 mlrd.so‘m mablag‘ tejab qolinishi imkoni yaratilgan;
«O‘zkimyosanoat» AJ tarkibidagi korxonalar moliyaviy-iqtisodiy jarayoni algoritmini aksiyadorlik jamiyatlaridagi alohida mustaqil amal qiluvchi moliyaviy loyihalar uchun maxsus moliyaviy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish talabiga ko‘ra takomillashtirish taklifi «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2023-yil 4-apreldagi №19-1-935-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022-yil yakunlariga ko‘ra, amalda ijro etilayotgan va umumiy hajmi 721,5 mlrd. so‘mdan iborat investision loyihalar bo‘yicha asbob-uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 18,4 mlrd. so‘mlik xarajatlarni korxona ixtiyorida qoldirish imkoni yaratilgan;
«O‘zkimyosanoat» AJ korxonasi moliyaviy siyosatida innovasion faollikni soliq samarasini baholashning ekonometrik modellari asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan asosiy prognoz ko‘rsatkichlari «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2023-yil 4-apreldagi №19-1-935-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zkimyosanoat» AJ korxonasi moliyaviy siyosatida innovasion faollikni soliq samarasini baholashning ekonometrik modellari asosida uzoq muddatli istiqboldagi ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda ularni korxona faoliyatining boshqa parametrlari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish