Sarabekov Xasan Davronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlarining sektorlardagi faoliyatini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy jihatlari”, 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu924.
Ilmiy rahbar: Azizov Elbek Usmonjonovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Xudoyor Teshaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Yuldashev Djaxongir Xayitovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamenti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlarining sektorlardagi faoliyatini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy jihatlariga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sektorlar rahbarlari tomonidan “Temir daftar”ga kiritilishi lozim bo‘lgan sakkiz toifadagi oilalar jamlanma ro‘yxatini belgilangan mas’ul idoralardan ma’lumotlar olish asosida shakllantirish hamda uch kundan oshmagan muddatda jamlanma ro‘yxatidagi oilalarning muammolarini ko‘rib chiqilishini tashkil qilish zarurati asoslangan;
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ularning ehtiyojmandlik darajasidan kelib chiqib, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam berish ko‘rsatilgan ro‘yxat (ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, ko‘p farzandli oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz qariyalar, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan jismoniy shaxslar)ni fuqarolar yig‘inlari tomonidan sektorlar rahbarlari bilan kelishgan holda tuman (shahar) hokimligiga taqdim etish tartibini yoʻlga qo‘yish zarurligi isbotlangan;
sektorlarga biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlarning mas’ul xodimlari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlarni baholash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida boshqa sektorlar bilan hamkorlikni ta’minlash ichki ishlar organlarining sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘linmalarining funksiyasi ekanligi asoslangan;
ichki ishlar organlarining sektorlardagi faoliyatini doimiy monitoring qilib borish, muammoli masalalar hamda ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, shuningdek, hal etilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish, tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun samarador takliflar ishlab chiqish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlarining sektorlardagi faoliyatini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
sektorlar rahbarlari tomonidan “Temir daftar”ga kiritilishi lozim bo‘lgan sakkiz toifadagi oilalar jamlanma ro‘yxatini belgilangan mas’ul idoralardan ma’lumotlar olish asosida shakllantirish hamda 3 kundan oshmagan muddatda jamlanma ro‘yxatidagi oilalarning muammolarini ko‘rib chiqilishini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga 1-Ilova bilan tasdiqlangan “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vaqtinchalik tartibning 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 21-sentyabrdagi 12/21-68-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ichki ishlar organlarining sektorlardagi aholining ehtiyojmand qatlamini muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ularning ehtiyojmandlik darajasidan kelib chiqib, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam berish ko‘rsatilgan ro‘yxat (ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, ko‘p farzandli oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz qariyalar, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan jismoniy shaxslar)ni fuqarolar yig‘inlari tomonidan sektorlar rahbarlari bilan kelishgan holda tuman (shahar) hokimligiga taqdim etish tartibini yoʻlga qo‘yishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga 1-Ilova bilan tasdiqlangan “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vaqtinchalik tartibning 15 “a”-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 21-sentyabrdagi 12/21-68-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi, ichki ishlar organlarining sektoridagi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash imkonini yaratgan;
sektorlarga biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlarning mas’ul xodimlari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida boshqa sektorlar bilan hamkorlikni ta’minlashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 27-fevraldagi 64-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati Sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi to‘g‘risidagi Nizomning 5-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamentining 2022-yil 29-sentyabrdagi 6/1722-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi sektorlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi hamda samarali boshqarilishiga imkon yaratgan;
ichki ishlar organlarining sektorlardagi faoliyatini doimiy monitoring qilib borish, muammoli masalalar hamda ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, shuningdek, hal etilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish, tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun amaliy takliflar ishlab chiqish zarurligi oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 27-fevraldagi 64-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati Sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi to‘g‘risidagi Nizomning 2-bobi “a” bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamentining 2022-yil 29-sentyabrdagi 6/1722-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida sektorlardagi faoliyati samaradorligining oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish