Nuralieva Zulfiya Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Bolalar huquqlarining oilaviy-huquqiy kafolatlarini takomillashtirish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu937.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Samarxodjaev Batir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01.
Rasmiy opponentlar: Djoldasova Saxibjamol Djalgasovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Baratov Mirodil Xomudjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.    
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar huquqlarining oilaviy-huquqiy kafolatlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
FHDYo organi tomonidan otalikni belgilash rad etilganda, o‘z otaligini tan olgan shaxs ma’muriy sudga shikoyat berishi mumkinligi va bu esa o‘z navbatida bolaning nasl-nasabini belgilashga bo‘lgan huquqini himoya qilish mexanizmini kuchaytirishi asoslantirilgan;
farzandlikka oluvchilar bo‘la olmaydigan shaxslar jumlasiga oilaga va yoshlarga qarshi jinoyat sodir etganlar kirishi va bu o‘z navbatida bolalar tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning muhim omili ekanligi asoslangan;
bola huquqlarini himoya qilishda aniq terminlarni ishlab chiqish va ularni to‘g‘ri talqin etish zaruratidan kelib chiqib “nogironligi bo‘lgan bolalar (bola)” terminining ta’rifi ishlab chiqilib, qonunchilik darajasida belgilanishi asoslantirilgan;
yordamga muhtoj bo‘lgan sobiq xotin (er) agar o‘rtadagi nogironligi bo‘lgan bolani 18 yoshgacha parvarishlashni amalga oshirgan bo‘lsa, sud tartibida aliment talab qilish huquqiga ega ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
FHDYo organi otalikni belgilash rad etganda, o‘z otaligini tan olgan shaxs tomonidan ma’muriy sudga shikoyat berilishi mumkinligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 5-sonli qarori 2-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 13-sentyabrdagi 11-14-23-son dalolatnomasi). Ushbu taklif otalikni belgilash tizimini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar farzandlikka oluvchi bo‘lishlari mumkin emasligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 13-bandining ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 13-sentyabrdagi 11-14-23-son dalolatnomasi). Mazkur taklif farzandlikka oluvchilar doirasini qat’iy belgilashga zamin yaratgan;
nogironligi bo‘lgan bolalar(bola) tushunchasiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-770-son Qonunining 23-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Senatining 2023-yil 19-sentyabrdagi 28-son dalolatnomasi). Ushbu taklif nogironligi bo‘lgan bolaning huquqiy maqomini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
o‘rtadagi nogironligi bo‘lgan bolani u o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo‘lgan o‘rtadagi bolani parvarishlashni amalga oshirgan er yoki xotin aliment olish huquqiga ega ekanligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-770-son Qonunining 17-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Senatining 2023-yil 19-sentyabrdagi 28-son dalolatnomasi). Ushbu taklif nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlayotgan er yoki xotinning aliment olish huquqini mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish