Sayt test rejimida ishlamoqda

Erdanova Zebiniso Abilkosimovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida kasbiy faoliyatni ifodalovchi birliklarning lingvomadaniy va derivatsion xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil2002.
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Davlatova Muhayyo Hasanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi kasb-hunarga oid til birliklarining lingvomadaniy, derivatsion va semantik xususiyatlarini ochib berish hamda ularning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida kasb-hunarga oid til birliklarining semantik, derivatsion, lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy-chog‘ishtirma jihatdan ochib berilib, qiyoslanayotgan tillarda ularning o‘xshash va farqli jihatlari aniqlangan;
ikki til lug‘atidagi kasb-hunarga xos so‘zlarning lug‘aviy rivoji, ularning takomillashuvining lisoniy va nolisoniy omillari, tarixiy-etimologik manbalari aniqlanib, leksik-semantik aspektda isbotlangan;
 ingliz va o‘zbek tillariga oid kasb-hunar leksemalarining leksik, frazeologik, paremiologik qatlamlarda ifodalanishi, kasb-hunarga oid nomlarning mavzuviy guruhlanishi va ularga oid terminlarning paydo bo‘lish omillari dalillangan;    
    ingliz va o‘zbek tillari badiiy matnlarida kasb-hunarga oid til birliklarining ifodalanish darajasi ijtimoiy-madaniy, kommunikativ, milliy-me’yoriy mezonlar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida kasbiy faoliyatni ifodalovchi birliklarning lingvomadaniy va derivatsion xususiyatlarini  tadqiq va tahlil qilish yuzasidan  olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida kasb-hunarga oid til birliklarining semantik, lingvomadaniy, derivatsion xususiyatlarining qiyosiy-chog‘ishtirma tasniflari va qiyoslanayotgan tillarda ularning o‘xshash va farqli jihatlariga  doir ilmiy-nazariy xulosalardan “Developing Intercultural Competence in Teaching Foreign LanguaGES” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi “302” – sonli buyrug‘i). Mazkur o‘quv qo‘llanmadan foydalanish natijasida «Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)» 60111800 - ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning kasb-hunar leksikasiga oid amaliy ko‘nikmalari kengaytirilgan, kasb-hunar nomlarining yasalishi, lingvomadaniy xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy qarashlari boyitilgan;
ikki til lug‘atidagi kasb-hunarga xos so‘zlarining lug‘aviy rivoji va takomillashuvining lisoniy va nolisoniy omillarini, tarixiy-etimologik manbalarini tizimli ravishda yoritib berish bilan bog‘liq usullardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 15-martdagi 706/30.02.01 – son ma’lumotnomasi) Natijalar kasb-hunarga oid tushunchalari orqali ingliz va o‘zbek xalqlari madaniyatida shakllangan obrazli va qadriyatlarga oid tasavvurlarni tahlil qilish, ularning  tarixiy-etimologik tahlil etish usullarini o‘rganish, shuningdek, milliy oliy ta’lim tizimida chet tilini mutaxassislik predmeti sifatida  o‘qitish jarayonida  virtual resurslar  yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish imkonini bergan;
ingliz va o‘zbek tillariga oid kasb-hunar atamalarning leksik, frazeologik va paremiologik qatlamlarda ifodalanishi, tahlil qilinishi, kasb-hunarga oid nomlarning mavzuviy guruhlanishi va ularga oid terminlarning paydo bo‘lishini tasvirlashga oid materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan  Tempus Project dasturi 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the Development of Blended Masters Programmes” loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 15-martdagi 707/30.02.01 – son ma’lumotnomasi). Natijada oliy maktablarda ingliz va o‘zbek tillarida kasb-hunarga oid izohli, sohaviy va atamashunoslik lug‘atlarini tuzish, kasb-hunarga oid nomlarning mavzuviy guruhlanishini amalga oshirishdagi o‘ziga xos  etnomadaniy farqlarni tizimlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu kasb-hunar leksikasining terminologiya tizimidagi o‘rnini belgilash bilan bog‘liq assotsiativ eksperimentlar, so‘rovnomalar o‘tkazish imkonini bergan;
kasb-hunarga oid til birliklarining badiiy matnlarda qo‘llanish darajasini ijtimoiy-madaniy, kommunikativ, milliy-me’yoriy mezonlar asosida tahlil qilish yuzasidan bildirilgan xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023- yil 8- aprel kuni efirga uzatilgan “Kun mavzusi” eshittirishining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 17-apreldagi 01-12/258-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga ega tavsiyalar haqida ma’lumotnoma berilgan va keyingi ko‘rsatuvlarda ham foydalanish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish