Umaraliev Maksud Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Magnitlangan neytron yulduzlari energetikasi va elektrodinamikasi”, 01.03.01-Astronomiya  va 01.03.02-Kosmos fizikasi va astrofizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.2.PhD/FM968.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti  hamda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli ilmiy kengash
Ilmiy rahbarlar: f.-m.f.d., akad. Axmedov Bobomurot Jo‘raevich, f.-m.f.d. Rayimbaev Djavlanbek Radjapbaevich
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shuhrat Numonjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, (O‘zR FA Astronomiya instituti, bosh ilmiy xodimi); To‘raev Yunus Shavkatovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha PhD (Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot Texnologiyalar Universiteti Urgach filiali "Tabiiy fanlar" kafedrasi dots.v.b.).
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi magnitlangan neytron yulduzlar atrofidagi vakuum va plazma magnitosferasida sodir bo‘ladigan energetik jarayonlarini turli gravitatsiya nazariyalari doirasida rivojlantirish va ularni kuzatuvdagi astrofizik ob’ektlarga qo‘llash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor bran parametrini inobatga olgan holda aylanuvchi magnitlangan neytron yulduz yaqinidagi tezlatuvchi elektr maydonlari ifodalari olingan;
ilk bor tanlangan radio pulsarlar ergilanish nurlanish va teskari Kompton sochilish nurlanish jarayonlari o‘chish chizig‘i uchun fazo-vaqt deformatsiyasi va elektromagnit olam parametrlarining yuqori qiymatlari topilgan;
ilk bor Roberson-Bertotti olami fazo-vaqtida aylanuvchi neytron yulduzlari vakuum magnit maydonlar uchun Maxwell tenglamalari va plasmali magnetosferasi uchun Puasson tenglamalarining analitik echimlari olindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Deformatsiyalangan magnitlangan aylanuvchi neytron yulduzning plazma magnitosferasi bo‘yicha olingan natijalar, hususan qisman nurlanuvchi pulsarlar va tez radio chaqnashlariga tadbig‘i, Chexiya Respublikasi Opava shahridagi Sileziya Universitetining Fizika instituti huzuridagi Nazariy fizika va astrofizika markazi  tadqiqotchilari tomonidan neytron yulduzlar atrofida dinamik jarayonlarga qo‘llanildi va neytron yulduzlari atrofida zaryadli plasmaning dinamikasini raqamli simulyasiya qilish hamda deformatsiya natijasida hosil bo‘ladigan qvazidavriy tebranish chastotalar siljishlari topildi. Natijalar 2023 yil, Amerika fizika jamiyatining Physical Review D jurnali 108 soni 10 maqolasida chop etildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish