Sayt test rejimida ishlamoqda

Babadjanova Feruza Ikramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kartoshka (Solanum tuberosum L.) ning fitoxrom B geni asosida RNK-interferensiyasi yordamida biotexnologik liniyalarini olish hamda tavsiflash», 03.00.14 - Genomika, proteomika va bioinformatika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/V225.
Ilmiy rahbar: Buriev Zabardast Tojiboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc 02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Baxtiyor Shuxratovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ayubov Mirzakamol Sobitjonovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kartoshkada PHYB genini RNK interferensiya qilish orqali yangi biotexnologik liniyalar olish hamda ularni molekulyar tahlil qilish va morfologik belgilarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kartoshkaga xos pHellsgate8_PHYB RNAi genetik konstruksiya yaratilgan;
pHellsgate8_PHYB RNAi genetik konstruksiya Agrobacterium tumifaciens vositasidagi  transformatsiya usuli yordamida kartoshka genomiga o‘tkazish ilmiy asoslangan;
transformatsiya qilingan eksplantlardan kallus to‘qimalar va somatik embriogenez usuli yordamida PHYB RNAi regenerant o‘simliklar olish isbotlangan;
PZR tahlili asosida regenerantlar orasidan transformant StPHYB_RNAi_150 va StPHYB_RNAi_151-liniyalari o‘simliklari muvaffaqiyatli tanlab olingan;
kartoshka RNAi liniyalari in vitro mikroklonli ko‘paytirilgan va mikrotuganaklar olingan;
PHYB RNAi kartoshka liniyalarini dala sharoitida nazorat navi bilan morfo-biologik xususiyatlari asosida yuqori ko‘rsatkich namoyon etgan liniya tanlab olingan;
RNK interferensiya texnologiyasi asosida yangi biotexnologik kartoshka navlarini yaratishning optimallashgan izchil uslublari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
RNK interferensiya texnologiyasi asosida yangi biotexnologik kartoshka liniyalarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kartoshkaning StPHYB_RNAi_150-liniya va StPHYB_RNAi_151-liniyalari hamda biotexnologik “Bisyor” navi Genomika va bioinformatika markazi “Genom texnologiyalari asosida yaratilgan noyob g‘o‘za va boshqa ekinlar genofondi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 27 noyabrdagi 4/1255-2635-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu namunalar germoplazma kolleksiyasini boyitish imkonini bergan;
kartoshka  kallus to‘qimalaridan somatik embroidlar va regenerantlar olish, in vitro usulida mikroklonli ko‘paytirish hamda mikrotuganaklar olish uchun sun’iy ozuqa muhitlari 2022-2023 yillar davomida O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazida bajarilgan IL-472101215 - “Vengriya kartoshka navlari urug‘larini ishlab chiqarish texnologiyasini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 22 noyabrdagi 07/22-05/5988-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Vengriyadan olib kelingan kartoshkaning “Demon”, "White Lady", “Botond”, “Balatoni Sarga”, “Balatoni Rozsa” navlarini O‘zbekiston sharoitida in vitro usulida mikroklonli ko‘paytirish jarayonini amalga oshirish imkonini bergan;
kartoshka (Solanum tuberosum L.) ning fitoxrom B geni asosida RNK-interferensiyasi yordamida olingan (StPHYB_RNAi_150-liniya va StPHYB_RNAi 151-liniya) biotexnologik liniyalari va “Bisyor” kartoshka navi 2021-2023 yillar mavsumida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani “Ramazan agro fayz” fermer xo‘jaligining 1,0 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 22 noyabrdagi 07/22-05/5988-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshkaning biotexnologik  “Bisyor” navi nazorat nav (Sarnav) ga nisbatan 8-10 kun erta pishib, 4-5 t/ga yuqori hosil olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish