Sayt test rejimida ishlamoqda

Amonov Erkin Inoyatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID–19 ning turli og‘irlik darajalarida rinosinusit kechishining kliniko-immunologik xususiyatlari», 14.00.04 - Otorinolaringologiya va 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2666.
Ilmiy rahbarlar: Shayxova Xolida Erkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musaxodjaeva Dilorom Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Polevshhikov Aleksandr Vital`vich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Arifov Sayfutdin Sayidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat tibbiy malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bemorlarning ushbu guruxini  boshqarishga individual yondashuvni asoslash uchun COVID-19 bilan kasallangan  xizmatchilarda rinosinusit davrining klinik-immunologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tug‘ma immunitet parametrlari (killer faolligi va o‘tkir fazali oqsillar) va sitokin holati (yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar darajasi) COVID-19 fonida rinosinusitning klinik davri bilan bog‘liqligini aniklangan;
COVID-19 bemorlari uchun sitokin holatida IL-1, IL-4, IL-6, IL-8 kabi sitokin darajasini tahlil qilish va tug‘ma immunitetni o‘rganish yallig‘lanish reaksiyalari darajasini baholash, mumkin bo‘lgan salbiy natijalarni bashorat qilish va yanada maqsadli davolash yondashuvlarini ishlab chiqish imkonini asoslangan;
ilk bor kasallikning dastlabki bosqichlarida monoklonal antitanalarni ko‘llaganda,  kasallikning klinik belgilarining yuqligi yoki yuqolishiga, yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning (IL-1β, IL-6 va IL-8) sezilarli darajada pasayishi, shuningdek, qonda ferritin, D-dimer, CRO ning pasayishini aniklangan;
COVID–19 ning turli og‘irlik darajalarida rinosinusit bilan kasallangan bemorlarni boshqarishga individual yondashuv algoritmi ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024 yil 04 maydagi №2-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tug‘ma immunitet parametrlari (killer faolligi va o‘tkir fazali oqsillar) va sitokin holati (yallig‘lanishga xos va qarshi sitokinlar darajasi) COVID-19 fonida rinosinusitning klinik davri bilan bog‘liqligi ko‘rsatildi; olingan tadkikot natijalari O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara Qo‘shinlari xarbiy gospitalida va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy xarbiy klinik gospitalida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: rinosinusiti mavjud COVID-19 bemorlarda kondagi biomarkerlar mikdorini dinamik kuzatuvini amalga oshirish va monitoringi COVID-19 ning nojo‘ya oqibatlari va asoratli kechishini oldini olishga xizmat qiladi. Bu esa o‘lim va nogironlikni oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilayotgan metodologiyaning iqtisodiy  samaradorligi  COVID-19 ning avj olishi va asoratli kechishini oldini olishga, shuningdek statsionar sharoitda davolanish kunlarini qisqartirish xisobiga 545000 so‘mgacha minimallashtirishga asoslanadi. Ishlab chikarilgan metodologiyani joriy etishda davolash xarajatlarini kamaytirish va yotok kunlari sonini kamaytirish orkali iktisodiy tejamkorlik ta’minlandi. Xulosa: COVID-19 fonida rinosinusit  bilan ogrigan bemorlarda tashxislash va davolash jarayonida qondagi biomarkerlar miqdorini dinamik kuzatuvini amalga oshirish tartibi, kasallik avj olishi va ogir asoratlarni oldini olish chora tadbirlar kursatadi va davolash samaradorligini bir necha karra ortishiga va statsionarda bulish vaktini kiskarishiga erishilganligi – harajatni davlat byudjetidan 545 000 so‘mgacha tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bemorlari uchun sitokin holatida IL-1, IL-4, IL-6, IL-8 kabi sitokin darajasini tahlil qilish va tug‘ma immunitetni o‘rganish yallig‘lanish reaksiyalari darajasini baholash, mumkin bo‘lgan salbiy natijalarni bashorat qilish va yanada maqsadli davolash yondashuvlarini ishlab chiqish imkonini beradi; olingan tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara Qo‘shinlari xarbiy gospitalida va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida amaliyotiga joriy etildi.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qondagi bu sitokinlar mikdorini nazorati asosida bemorlarga asoratlarni keskin pasaytirishga o‘lim va nogironlikni oldini olishga erishildi. Bemorlarni davolash kunlarini kamaytirish orkali ularning va qarindoshlarining ruhiy xolatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatilindi. Ilmiy yangilik iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif kilingan diagnostika va davolash usulini qo‘llash natijasida sarf –xarajatlar kamayadi va yukori iktisodiy samaradorlik ta’minlanadi. Davlat darajasida esa uzok muddatga o‘rin-kun bandligi kamaytiriladi. Xulosa: COVID-19 fonida rinosinusit  bilan og‘rigan  bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash, davolash va boshqa kasalliklarni kelib chiqishi, oldini olinadi va xarajatlarni 700 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchunchi ilmiy yangilik: kasallikning dastlabki bosqichlarida monoklonal antitanalarni ko‘llaganda,  kasallikning klinik belgilarining yuqligi yoki yuqolishiga, yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning (IL-1β, IL-6 va IL-8) sezilarli darajada pasayishi, shuningdek, qonda ferritin, D-dimer, CRO ning pasayishi tendensiyasi namoyon bo‘ldi; olingan tadkikot natijalari O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara Qo‘shinlari xarbiy gospitalida va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Markaziy xarbiy klinik gospitalida amaliyotiga joriy etildi.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qo‘llanilgan davolash usuli orqali bemorlar klinik jixatdan tezrok sogayishiga sabab bo‘ldi va rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldi olindi. Ilmiy yangilik iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif kilingan davolash usulini qo‘llash natijasida kasallikning avj olishi va asoratli kechishi oldi olindi, statsioarda davolanish kunlari kiskartirish xisobiga yotok va narxi 700000 so‘mga kamaytirish orkali yukori iktisodiy samaradorlik ta’minlandi. Xulosa: davolash jarayonida asosiy gurux vakillariga monoklonial antitanalarni qo‘llash davolash kunlarini keskin kiskartirishga erishildi.
turtinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasining immunitet tizimining holatiga ta’siri haqidagi mavjud bulgan nazariy g‘oyalar sezilarli darajada to‘ldirildi va kengaytirildi, ya’ni tug‘ma immunitet parametrlari va sitokin holati reaksiyalarining xususiyatlari, kasallikning og‘irligiga qarab kasallikning rivojlanishi bilan bog‘liq komorbid kasalliklarning og‘irligi va mavjudligi isbotlandi. COVID-19 fonida rinosinusit bilan kasallangan bemorlarni boshqarishga individual yondashuv algoritmi ishlab chiqildi. Olingan tadkikot natijalari O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara Qo‘shinlari xarbiy gospitalida va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy xarbiy klinik gospitalida amaliyotiga joriy etildi. Xulosa:. COVID-19 fonida rinosinusit bilan kasallangan bemorlarni davolash va boshqarish algoritmni ishlab chiqildi. Koronavirus infeksiyasining immunitet tizimining holatiga ta’siri isbotlandi, tug‘ma immunitet parametrlari va sitokin holati reaksiyalarining xususiyatlari kasallikning og‘irligiga qarab og‘irligi va mavjudligi aniqlandi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish