Xaydarova Kamola Axinjanovnaning
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kimyo korxonalarida marketing tadqiqotlarini tashkil etishni takomillashtirish”, 08.00.11–“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt320.
Ilmiy rahbari: Kasimova Fatima Tulkinovna, iqtisodiyot fanlari doktori dotsent,.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akramov Toxir Abiraxmanovich , iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Yuldasheva Saodat Arislanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat tehnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo sanoati korxonalarida marketing tadqiqotlarini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo sanoatida mijozga yo‘naltirilganlik, innovatsiyalar, barqaror rivojlanish, raqamlashtirish tamoyillarini o‘z ichiga oluvchi yangi marketing paradigmasi talablari asosida marketing tadqiqotlari o‘tkazish, qidiruv va axborot tizimini shakllantirishda tarmoqdagi yuqori raqobat, texnologiyalarning murakkabligi, mijozlar ehtiyojlarining o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan;
kimyo sanoati korxonalarida marketing tadqiqotlarini tashkil etishda tarmoq boshqaruvi tarkibidagi marketing bo‘limi faoliyati bilan bir qatorda tovar va xizmatlarni sotishning alohida jarayonlariga ixtisoslashgan tashqi marketing xizmati tuzilmalaridan foydalanish taklifi asoslangan;
“Maxam-Chirchiq” AJda marketing tadqiqotlarini tashkil etish va o‘tkazish modeli xaridorlarning kimyo mahsulotlarni sotib olish haqida qaror qabul qilishga ta’sir etuvchi raqamli muhit omillari, raqamli usul va vositalarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
“Maxam-Chirchiq” AJ marketing faoliyatining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2024-2028 yillarda korxona faoliyati rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kimyo sanoati korxonalarida marketing tadqiqotlarini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
kimyo sanoatida mijozga yo‘naltirilganlik, innovatsiyalar, barqaror rivojlanish, raqamlashtirish tamoyillarini o‘z ichiga oluvchi yangi marketing paradigmasi talablari asosida marketing tadqiqotlari o‘tkazish, qidiruv va axborot tizimini shakllantirishda tarmoqdagi yuqori raqobat, texnologiyalarning murakkabligi, mijozlar ehtiyojlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalanish taklifi «O‘zkimyosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi «Maxam-Chirchiq» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2024 yil 14 maydagi 03-1538 -sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi «Maxam-Chirchiq» AJ amaliy faoliyatida yangi marketing paradigmasini qo‘llash bo‘yicha takliflar asosida assortimentni oshirishga xizmat qilib, bu o‘z navbatida korxonaning eksport salohiyatini 2023 yilda 3 foizga oshirish imkonini bergan;
kimyo sanoati korxonalarida marketing tadqiqotlarini tashkil etishda tarmoq boshqaruvi tarkibidagi marketing bo‘limi faoliyati bilan bir qatorda tovar va xizmatlarni sotishning alohida jarayonlariga ixtisoslashgan tashqi marketing xizmati tuzilmalaridan foydalanish taklifi «O‘zkimyosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi «Maxam-Chirchiq» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2024 yil 14 maydagi 03-1538 -sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi marketing tadqiqotlari samaradorligini baholash bo‘yicha marketing axborotlari to‘plash uslubiyati taklifi 2023 yilda korxona faoliyatini rivojlantirishni 5 foiz oshirish imkonini bergan;
“Maxam-Chirchiq” AJda marketing tadqiqotlarini tashkil etish va o‘tkazish modeli xaridorlarning kimyo mahsulotlarni sotib olish haqida qaror qabul qilishga ta’sir etuvchi raqamli muhit omillari, raqamli usul va vositalarni hisobga olgan holda takomillashtirish taklifi «O‘zkimyosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi «Maxam-Chirchiq» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2024 yil 14 maydagi 03-1538 -sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi kimyo sanoatida mijozlarga yo‘naltirilgan texnologiya asosida shakllantirilgan raqamli marketing modelidan foydalanish hamda marketing tadqiqotlari uchun qayta ishlanadigan ma’lumotlarni 4,8 foizga, foyda hajmini 2,8 oshirish imkonini bergan;
“Maxam-Chirchiq” AJ marketing faoliyatining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida ishlab chiqilgan 2024-2028 yillarda korxona faoliyati rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari «O‘zkimyosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi «Maxam-Chirchiq» AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2024 yil 14 maydagi » 03-1538 -sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi sotilgan mahsulotlardan yalpi tushum prognozini hisoblab chiqish va 2028 yilga kelib korxonaning iqtisodiy samaradorligini 4,107 trln. so‘mga oshirish, 2023 yilga nisbatan ko‘rsatkichlarni 3,79 marta oshirish imkonini bergan.