Xudayberdieva Xuriyat Karimberdievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy yuksalish jarayonida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ma’naviy-axloqiy muommolari”, 09.00.02-Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (Etika)(falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fal123.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy maslahatchi: G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Talapov Bahriddin Alijonovich, falsafa fanlari doktori,  professor; Agzamxodjaeva Saida Sobitxonovna, falsafa fanlari doktori,  professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ma’naviy-axloqiy muammolarini oldini olish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy yuksalish davrida yoshlar ongida Vatan, vatanparvarlik, milliy g‘urur fenomenlari o‘rtasidagi hodisalarning deterministik mohiyati va inson ekzistensial borlig‘i mohiyatini belgilovchi milliy, umuminsoniy, axloqiy tuyg‘ulari falsafiy asoslangan;
yoshlarda vatanparvarlik ruhini yuksaltiruvchi milliy g‘ururga xos altruizm, qahramonlik, jasorat tushunchalarining axloqiy xarakteri, voqeylikdagi kommunikativ, gnoseologik, aksiologik funksiyalarini rivojlantirish tendensiyasi dalillangan;
yoshlarda vatanparvarlik rivojlanishi bilan bog‘liq dialektik, sinergetik qonuniyatlarni madaniy tushunishga asoslangan axloqiy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlarning potensial imkoniyati aniqlangan;
yoshlarda vatanparvarlik hissining so‘nishiga ta’sir qiluvchi kosmopolitizm, starizm, vandalizm, amoralizm g‘oyalariga qarshi kurashish, ularning ijtimoiy ongdagi ma’naviy-axloqiy, falsafiy-akmeologik xususiyatlarini dialektik aloqadorligi ochib berilgan;
yoshlarda ma’naviy-axloqiy dunyoqarashni yuksaltirishga aloqador vatanparvarlikni mustahkamlovchi pragmatik, ratsional, konstruktiv yondashuvlar va ularni so‘ndiruvchi marginal, deviant, norasional omillarning namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi axloqiy muammolarni tadqiq qilish bilan bogʻliq ilmiy natijalar asosida:
milliy yuksalish davrida yoshlar ongida Vatan, vatanparvarlik, milliy g‘urur fenomenlari o‘rtasidagi hodisalarning deterministik mohiyati va inson ekzistensial borlig‘i mohiyatini belgilovchi milliy, umuminsoniy, axloqiy tuyg‘ulari falsafiy asoslanganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalar va metodologik tavsiyalardan O‘zbekiston milliy universitetining 2019-2020-yillarda bajarilgan “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, konseptual falsafiy muammolari tahlili” mavzusidagi KA-3-007 raqamli amaliy tadqiqot loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2023-yil 25-martdagi 04/11-1567-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy yuksalish jarayonida yoshlarning jamiyatda vatanparvar bo‘lishiga, ularning ma’naviy ongida milliy g‘urur, axloqiy tuyg‘ulari yuksalishiga va takomillashishiga xizmat qilgan;
yoshlarda vatanparvarlik ruhini yuksaltiruvchi milliy g‘ururga xos altruizm, qahramonlik, jasorat tushunchalarining axloqiy xarakteri, voqeylikdagi kommunikativ, gnoseologik, aksiologik funksiyalarini rivojlantirish tendensiyasi dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 22-maydagi 196-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodaviylik, mehr oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik tayanch fazilatlari mazmun-mohiyatini yoshlar ongi va qalbiga singdirishga xizmat qilgan;
yoshlarda vatanparvarlik rivojlanishi bilan bog‘liq dialektik, sinergetik qonuniyatlarni madaniy tushunishga asoslangan axloqiy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlarning potensial imkoniyati aniqlanganligiga oid taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “2019-2025-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasi yoshlarida millatlararo madaniyat bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish” konsepsiyasi va “Yoshlarda millatlararo madaniyatni rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari Agentligining 2023-yil 22-maydagi 2-10-21-1353-son ma’lumotnomasi). Natijada vatanparvarlik tushunchasining yoshlar ongida falsafiy qonuniyatlar asosida sinergitik rivojlanishiga, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy hayotida zamonaviy qarashlar asosida mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
yoshlarda vatanparvarlik hissining so‘nishiga ta’sir qiluvchi kosmopolitizm, starizm, vandalizm, amoralizm g‘oyalariga qarshi kurashish, ularning ijtimoiy ongdagi ma’naviy-axloqiy, falsafiy-akmeologik xususiyatlarini dialektik aloqadorligi ochib berilganligiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyati partiya tashkilotining 2023-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi amalga oshirilayotgan tadbirlar loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyati partiya tashkilotining 2023-yil 2-iyundagi 26-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning Vatanga hurmat, yurtga sadoqat tuyg‘ularini oshirishga, kosmopolitizm, starizm, vandalizm, amoralizm kabi g‘oyalardan ogohlik bilan yashashiga xizmat qilgan;
yoshlarda ma’naviy-axloqiy dunyoqarashni yuksaltirishga aloqador vatanparvarlikni mustahkamlovchi pragmatik, ratsional, konstruktiv yondashuvlar va ularni so‘ndiruvchi marginal, deviant, norasional omillarning namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yilda efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMRTK Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 8-maydagi 01-07/161-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarda vatanparvarlik tuyg‘usining kuchayishiga, jamiyatda yoshlarning turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi milliy g‘urur va axloqiy ideallar orqali  kurashishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish