Mustafaev Baxtiyor Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqaviy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda strategik rejalashtirish”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2811
Ilmiy rahbar: Isaev Faxriddin Ikromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari» ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Odinaev Dilshod Shavkatovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqaviy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda strategik rejalashtirishni qo‘llash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimni rivojlantirishning uslubiy yondashuvlari barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa jihatlarni aks ettiruvchi strategik rejalashtirishning turli tasnif mezonlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
hududlardagi mavjud xomashyo salohiyati va iqtisodiy imkoniyatlarga ko‘ra strategik rejalashtirish dastaklari asosida xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilishni o‘ziga xos manfaatlari hamda rag‘batlantirish vositalarining maqbul tarkibini shakllantirish orqali kuchaytirish asoslangan;
hududlarning salohiyat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning ustuvor tarzda rivojlanishini ta’minlovchi investision loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish orqali strategik rejalashtirishni takomillashtirish asoslangan;
investision loyihalardan samarali foydalanishda strategik rejalashtirish usul va vositalari asosida yirik, o‘rta va kichik loyihalarga tasniflash orqali hududlarning innovatsion rivojlanishini ta’minlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqaviy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda strategik rejalashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimni rivojlantirishning uslubiy yondashuvlari barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan uzviy bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa jihatlarni aks ettiruvchi strategik rejalashtirishning turli tasnif mezonlarini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston ‒ 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-37-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 25-apreldagi № 05-32-1-01000-son ma’lumotnomasi). Natijada hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimni rivojlantirishni strategik rejalashtirishning sifat va miqdoriy xususiyatlarni aks etuvchi uslubiy yondashuvlari ishlab chiqilgan;  
hududlardagi mavjud xomashyo salohiyati va iqtisodiy imkoniyatlarga ko‘ra strategik rejalashtirish dastaklari asosida xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilishni o‘ziga xos manfaatlari hamda rag‘batlantirish vositalarining maqbul tarkibini shakllantirish orqali kuchaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston ‒ 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-37-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 25-apreldagi № 05-32-1-01000-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida mintaqaning kuchli tomonlaridan foydalanish, resurslar taqsimotini optimallashtirish va xatarlarni kamaytirishga erishilgan;  
hududlarning salohiyat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning ustuvor tarzda rivojlanishini ta’minlovchi investision loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish orqali strategik rejalashtirishni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston ‒ 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-37-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 25-apreldagi № 05-32-1-01000-son ma’lumotnomasi). Natijada investisiya imkoniyatlarini aniqlash, bozor dinamikasini baholash, inklyuziv va barqaror iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish imkoniyati yaratilgan;
investision loyihalardan samarali foydalanishda strategik rejalashtirish usul va vositalari asosida yirik, o‘rta va kichik loyihalarga tasniflash orqali hududlarning innovatsion rivojlanishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston ‒ 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-37-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 25-apreldagi № 05-32-1-01000-son ma’lumotnomasi). Taklif investisiyalarning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash, resurslarni taqsimlash va loyihalarni ketma-ketligini osonlashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish