Yudashev Elmurod Umaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Resurs tejovchi texnik echimlarni ishlab chiqish asosida porshenli kompressor uskunalarining samaradorligini oshirish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4159.
Ilmiy rahbar: Xatamova Dilshoda Narmuratovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Ilhom Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Baratov Baxtiyor Nusratovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompressorning havo so‘rish tizimini takomillashtirish va ikkilamchi energiya resurslaridan oqilona foydalanish asosida uning samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
porshenli kompressorda havo siqishga sarflanayotgan energiya sarfining  kompressorga so‘riluvchi havo haroratining kattaligiga emperik bog‘liqligi o‘rnatilgan, kompressorga so‘riluvchi havo haroratini pasaytirish, unumdorlikni va havo bosimini oshirish, shuningdek, havo siqishga sarflanayotgan energiya sarfini kamaytirish imkonini berishi aniqlangan;
kompressordan chiquvchi qizigan suvni gradirnyaga uzatish quvuriga issiqlik almashtirgich ko‘rinishidagi sovutkichni o‘rnatish gradirnyada sovutiladigan suvning haroratini pasaytirish orqali gradirnyada aylanma suvning sovutilishiga sarflanadigan energiya sarfini kamaytirish imkonini berishi aniqlangan, bunda gradirnyada sovutiladigan suvning sovush darajasi, issiqlik almashtirgich sovituvchi suvning haroratiga emperik bog‘liqligi asoslangan;
kompressor va so‘nggi sovutkich orasidagi havo quvuriga issiqlik almashtirgich o‘rnatish, harorati kompressorning bosimiga bog‘liq holda o‘zgaradigan, texnologik ehtiyojlar uchun foydali qo‘llash mumkin bo‘lgan qizigan suv olish hamda kompressordan so‘nggi sovutkichga uzatilayotgan havoni haroratini sovutish imkonini berishi aniqlangan;
kompressordan ajraladigan issiqlikni foydali utilizatsiya qilish qurilmasida qo‘llanilgan termoelektrgeneratordan chiqayotgan elektr energiyasining quvvati kompressorda siqilgan havoning harorati va gradirnyada sovutilayotgan suvning haroratiga emperik bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Resurs tejovchi texnik echimlarni ishlab chiqish asosida kon kompressor uskunalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompressorga so‘riluvchi havoni sovutish qurilmasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Angren» kon boshqarmasi «Qizil olma» konining kompressor stansiyasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2023 yil 29 sentyabrdagi 09-23/61-2259-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompressorga so‘riluvchi havoni haroratini pasaytirish orqali uning foydali ish koeffisientini 2,5% gacha oshirish imkonini bergan;
kompressordan chiquvchi siqilgan havoning issiqligini foydali qayta tiklash qurilmasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Angren» kon boshqarmasi «Qizil olma» konining kompressor stansiyasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2023 yil 29 sentyabrdagi 09-23/61-2259-son ma’lumotnomasi). Natijada, quvvati 3,5 kVt/soat elektr energiyasini, hamda harorati 55-60°C ga teng bo‘lgan 45 l/soat issiq suv olish imkonini bergan;
kompressorning sovutish tizimidan ajraladigan issiqlikni foydali qo‘llash qurilmasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Angren» kon boshqarmasi «Qizil olma» konining kompressor stansiyasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2023 yil 29 sentyabrdagi 09-23/61-2259-son ma’lumotnomasi). Natijada, sovutish tizimi aylanma suvini haroratini pasaytirish evaziga, sovutish tizimining energiya sarfini 3 kVt/soatgacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish