Qayumov Feruz Sobir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gepatoprotektor ta’sirga ega bo‘lgan yig‘ma asosida quruq ekstrakt va biologik faol qo‘shimcha yaratish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Far75.
Ilmiy rahbar: Tuxtaev Xakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sotimov G‘ayrat Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qushqo‘nmas o‘simligi urug‘i, makkajo‘xori popugi va qalampir yalpiz barglaridan quruq ekstraktlar ajratib olish hamda ular aralashmasi asosida kapsula shaklidagi BFQ tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qushqo‘nmas o‘simligi (Silybum marianum L.) mevalari, makkajo‘xori (Zea mays L.) popugi va qalampir yalpiz (Mentha piperita L.) barglaridan quruq ekstraktlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan;
olingan 3 xil quruq ekstraktlarning tashqi ko‘rinishi, chinligi, og‘ir metallar miqdori, quritilganda yoʻqotilgan og‘irlik va mikrobiologik tozaligi kabi sifat ko‘rsatkichlari aniqlanib, amaldagi me’yoriy hujjatlarda keltirilgan talablarga muvofiqligi isbotlangan;
quruq ekstraktlar tarkibidagi flavonoidlar yig‘indisi miqdori rutinga va lyuteoninga nisbatan spektroskopiya, flavolignanlar yig‘indisi miqdori esa silimaringa nisbatan yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida aniqlangan;
ushbu quruq ekstraktlar aralashmasi tarkibida jigar faoliyatini rag‘batlantiruvchi aminokislotalar (glyutamin kislotasi, asparagin kislotasi), suvda eruvchi vitaminlar (B kompleks vitaminlari, C vitamini) hamda makro- va mikroelementlar mavjudligi isbotlangan;
ushbu quruq ekstraktlar aralashmasining texnlogik xossalarini aniqlash natijasida kapsula shaklidagi «Gepasilimarin» biologik faol qo‘shimcha tarkibi tanlangan va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gepatoprotektor ta’sirga ega bo‘lgan yig‘ma asosida quruq ekstrakt va biologik faol qo‘shimcha yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Gepatoprotektiv va xoleretik ta’sirga ega qattiq dori shaklidagi vosita»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeli patenti olingan (№FAP 02150, 02.03.2022 y). Natijada, qushqo‘nmas mevalari, makkajo‘xori popugi va qalampir yalpiz barglaridan olingan quruq ekstraktlar aralashmasi asosida jigar faoliyatini rag‘batlantiruvchi kapsulani olish imkonini bergan;
«Gepasilimarin» biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (S 02026972-003:2022) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yoʻriqnoma O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (TI 02026972-003:2022). Natijada, kapsula shaklidagi biologik faol qo‘shimchani sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida qushqo‘nmas mevalari, makkajo‘xori popugi va qalampir yalpiz barglaridan olingan quruq ekstraktlar aralashmasining spesifik farmakologik faolligi hamda o‘tkir zaharli emasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli gepatoprotektor va safro haydovchi faollikga ega bezarar dori vositalarni ishlab chiqarish imkonini bergan.