Qaraqulov Shamsiddin Yuldashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobilsozlik sanoati korxonalarida energiya iste’molini me’yorlashtirish va tejash”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2671.
Ilmiy rahbar: Muratov Xakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kamoliddin Shuxratovich - texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. Mirxonov Utkir Kaxramonvich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: avtomobilsozlik sanoati korxonalarining energiya iste’moli va ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini tahlil qilish asosida, me’yorlashtirish hamda tejashga yo‘naltirilgan uslublarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobilsozlik sanoati korxonalari texnologik jarayonlarida maxsulotga sarf bo‘luvchi birlik energiya miqdorini me’yorlashtirish uslubi korxonalarning energiya balanslari, ishlab chiqarish xarakteri va ish rejimlari hisobga olinib ishlab chiqilgan;
energiya sarflarini me’yorlash uslubiyotini amalga oshirish va me’yorni hisoblash aniqligini oshirishda ishlab chiqarish ma’lumotlari bazasiga kiruvchi axborot ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi dasturiy mahsulotlardan foydalanish uslubi takomillashtirilgan;
avtomobilsozlik sanoati korxonalarida me’yorlarni  shakllantirishga imkon beradigan asosiy texnologiyalarning nominal ishlash quvvati va yuklanish darajasini hisobga oluvchi konseptual qoidalar energiyani me’yorlashtirish va tejash shartidan kelib chiqib asoslangan;
 energiya tashuvchilar, xom ashyo va materiallar narhini, ekspluatatsiya harajatlari va ekologiyaga ta’sirni kompleks ravishda hisobga oluvchi energotejamkor texnologiyalar va uskunalarni tanlash uslubi texnik-iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Avtomobilsozlik sanoati korxonalarida energiya iste’molini me’yorlashtirish va tejash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
avtomobilsozlik sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan maxsulotga sarf bo‘luvchi birlik energiya miqdorini hisobga olgan xolda me’yorlashtirish uslubi “Uzsungwoo” va «O’z-chasys» qo‘shma korxonalarida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2023 yil 22 iyundagi 03-28-3695 son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulotlarning energiya sig‘imini va energetik samaradorlik ko‘rsatkichlarini nazorat qilish hamda boshqarish orqali korxonaning energetik samapadopligi 2 % ga yaxshilangan;
avtomobilsozlik sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan maxsulot turlari uchun sarflanadigan energetik ko‘rsatkichlarni inobatga olib yaratilgan algoritmi “Uzsungwoo” va «O’z-chasys» qo‘shma korxonalarida joriy qilingan(O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2023 yil 22 iyundagi 03-28-3695 son ma’lumotnomasi). Natijada, sarflanadigan energiya sarfini 1,2 marta kamaytirish imkonini bergan;
avtomobilsozlik sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun sarflanadigan umumiy energiya resurslarini matematik modellashtirish “Uzsungwoo” va «O’z-chasys» qo‘shma korxonalarida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2023 yil 22 iyundagi 03-28-3695 son ma’lumotnomasi). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradolik 75 400 000 (etmish besh million to‘rt yuz ming) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish