Komilov Mirziyo Mirkamolovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston iqlim sharoitlarida quyosh panellarining chiqish xarakteristikalari va degradatsiya jarayonlarini tadqiq qilish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.RhD/T2683
Ilmiy rahbar: Odamov Umarbay Omanovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar:
Zaxidov Romen Abdullaevich - texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Izzatillaev Jo‘rabek Olimjonovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston iqlim sharoitida quyosh foto-elektrstansiyalarini ekspluatatsiya qilish davrida quyosh panellarining chiqish xarakteristikalarini o‘zgarishini, tashqi va ichki omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan degradatsiya jarayonlarini tadqiq qilishdan iborat. (Farg‘ona vodiysi iqlimi misolida)
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagidan iborat:
quyosh fotoelektrstansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiya quvvatlarining o‘zgarish qonuniyatlarini hisobga olgan holda, tarmoqqa uzatiladigan quvvatlarni boshqarish rejimlarini optimallashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
quyosh fotoelektrstansiyalarining chiqish parametrlariga ta’sir qiluvchi iqlim ko‘rsatgichlarini e’tiborga olib, energetik samaradorlikni aniqlovchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
quyosh panellarining real iqlim sharoitlari va ekspluatatsiya jarayonida vol`t-amper, vol`t-quvvat xarakteristikalari va foydali ish koeffisientlari o‘zgarishini inobatga olgan holda, energetik samaradorligini baholash usuli takomillashtirilgan;
quyosh panelining chiqish xarakteristikalari, degradatsiya jarayonlarini kechishi va ishlab chiqarish koeffisientlarini aniqlash asosida quyosh fotoelektrstansiyalarini samarali ishlashni baholashga imkon beruvchi algoritm yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Quyosh panellarini chiqish xarakteristikalari va degradatsiya jarayonlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mavsumiy iqlim o‘zgarishlarini hisobga olgan holda quyosh fotoelektr-stansiyalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ularni boshqarish rejimlari optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Namangan-Pop quyosh fotoelektrstansiyasi” ga joriy etildi (“O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari”Aksiyadorlik jamiyatinig 2023 yil 13 sentyabrdagi №01-03-42/948-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiya ishlab chiqarish samaradorligi yiliga 138732,2 kVt soatga oshgan;
tashqi va ichki omillar ta’sirini hisobiga olgan holda quyosh fotoelektrstansiyalarini chiqish xarakteristikalarini yaxshilash va ularda kechadigan degradatsiya jarayonlarini oldini olish bo‘yicha tavsiyalar joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari”Aksiyadorlik jamiyatinig 2023 yil 13 sentyabrdagi №01-03-42/948-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 62 429 400 (oltmish ikki million to‘rt yuz yigirma to‘qqiz ming to‘rt yuz) so‘mni tashkil etgan.