Yuldashev Amirjon Toirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Arrali jinning samaradorligini oshirish maqsadida energiya- resurstejamkor arrali silindrni ishlab chiqish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2708
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: "Paxtasanoat ilmiy markazi" aksiyadorlik jamiyati
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Djamolov Rustam Kamolidinovich texnika fanlari doktori, professor, Sheraliev Sherzod Eshmuxammad o‘g‘li texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arrali jinning samaradorligini oshirishda energiya-resurstejamkor quvursimon valga ega bo‘lgan arrali silindrni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xomashyosini jinlashda tebranishni keskin kamaytirish orqali ish unumdorligini va mahsulot sifatini oshirish bilan energiya-resurstejamkor texnologiyani barpo qiladigan quvursimon val konstruksiyaga ega bo‘lgan arrali jin ishlab chiqilgan;
arrali silindr tebranishini pasaytirish va egilishini kamaytirish uchun silindrda yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan quvursimon val qo‘llanildi va valning muqobil inersiya momenti va kritik tezliklari aniqlangan;
silindrdagi arralarni kolosniklarga tegib ishlashini keskin kamaytirish bilan elektr energiya va ehtiyot qismlar sarfini tejaydigan quvursimon valdagi quvur qalinligini, chap va o‘ng sapfalarni quvurga kirish masofasini xamda valni tebranish amplitudasini muqobil parametrlari aniqlangan;
ish unumdorligini oshiradigan, tola va chigit sifatini yaxshilash bilan energiya- resurstejamkor texnologiyani yo‘lga qo‘yadigan arrali silindridagi quvursimon valning konstruktiv va texnologik parametrlari ko‘p omilli tajribalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Takomillashtirilgan 5DP-130 rusumli arrali jinga quvursimon valni tadbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ishlab chiqarilgan paxtani arrali jinlash uskunasi Farg‘ona viloyati «Farg‘ona spining» MChJning paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2024 yil 26 martidagi 03/22-139-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxtani jinlashda jinning ish unumdorligini o‘rtacha 46 kg/h ga va 65 kg/h ga oshirish, elektr energiya sarfini 6A va 7A ga tejash, tola sifatini 0,08 (abs)% ga va 0,15 (abs)% ga, chigit sifatini 0,06 (abs)% dan 0,31 (abs)% ga oshirish imkoni yaratilgan. Natijada arralarni 168 soatgacha ishlatilishida arra tishlarining balandligi navlar bo‘yicha 0,17 mm ga va 0,36 mm ga saqlab qolingan. Kolosniklar ishchi qismi yon tomonining chuqurligi 0,284 mm ga va 0,34 mm ga kamaygan.