Tog‘aev Jamshidin Xo‘jamberdievich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Avtomobil transportida yuklarni tashish xizmatlarini klaster tamoyili asosida tashkil etishni takomillashtirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3765.
Ilmiy rahbar: Samatov G‘affor Allaqulovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Ilesaliev Daurenbek Ixtiyarovich, texnika fanlar doktori, professor; Kuziev Abdimurot Urokovich, texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil transportida yuk tashish xizmatlarini klaster tamoyili asosida tashkil etish uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuklarni avtomobil transportida tashish xizmatlarini tashkil etish masalasining matematik modeli klaster tamoyili ko‘rsatkichlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
yuklarni klaster talablari asosida etkazib berish masalasiga iste’molchilarni qonoatlantiradigan hajmlarni aniqlash imkonini beradigan geometrik qoidalarni qo‘llash uchun nazariy asoslari shakllantirilgan va isbotlangan;
yuklarni iste’molchilarga ratsional marshrutlarda etkazib berish masalasining matematik modeli, avtomobilning yuk ko‘taruvchanligidan samarali foydalanish talabi asosida, qo‘shimcha chegaraviy shart kiritilishi orqali takomillashtirilgan va dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berishda avtomobil transporti vositalarining yuk ko‘taruvchanligi va yo‘ldan foydalanish ko‘rsatkichlarini ratsionallashtirish mezonlari orqali samaradorlikni baholash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. yuklarni klaster talablari asosida etkazib berishda geometrik qoidalarni qo‘llash asosida iste’molchilarni qonoatlantiradigan hajmlarni aniqlanishi Qarshi shahrida joylashgan ko‘p tarmoqli “DARMON-FARM” korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi №4/7161-sonli ma’lumotnomasi). Natijada avtomobil transporti vositalarida iste’molchilarni qonoatlantiradigan hajmlar asosida buyurtmalarni etkazib berish imkoniyati yaratilgan;
avtomobil transporti vositalarida yuklarni iste’molchilarga ratsional marshrutlarda etkazib berish masalasining algoritmi Qarshi shahrida joylashgan ko‘p tarmoqli “DARMON-FARM” korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi №4/7161-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ratsional marshrutlarda etkazib berish hisobiga, tashish masofasi 18 foizga kamayishiga erishilgan;
mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berishda avtomobil transporti vositalarining yuk ko‘taruvchanligi va yo‘ldan foydalanish ko‘rsatkichlarini ratsionallashtirish mezonlari orqali samaradorlikni baholash usuli Qarshi shahrida joylashgan ko‘p tarmoqli “DARMON-FARM” korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi №4/7161-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil transporti vositalarining yuk ko‘taruvchanligi va yo‘ldan foydalanish ko‘rsatkichlarini ratsionallashtirish orqali 2424158 so‘m iqtisod bo‘lishiga erishilgan.