Sakieva Ozoda Batirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik sanoat zonalari faoliyatining iqtisodiy-satatistik tahlili va ularni takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2941
Ilmiy rahbar: Xatamov Ochildi Kurbanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yusubov In’omjon Ikram o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hudud kichik sanoat zonalari asosiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini modellashtirish orqali uning istiqboldagi holati bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik sanoat zonalari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish va rivojlanish darajasini baholash maqsadida iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi shakllantirilib 5 ballik tizimida milliy reytingini tuzishda KSZ larni “faol” (21≤RD≤30), “o‘rta” (16≤RD≤20) va “qoloq” (RD≤15)  guruhlarga ajratish taklif etilgan;
hududiy KSZ larida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshlik koeffisientiga ko‘ra korxona mahsulotlarini kuchsiz (0˂RK≤0.1), “o‘rta” (0.1˂RK≤0.3), kuchli (0.3˂RK≤0.5) va o‘ta kuchli  (0.5˂RKK˂1)  darajalar asosida baholash taklif etilgan;
hududiy KSZ lar joylashuv o‘rnini mahalliy yoki xorijiy investorlar tomonidan tanlash ierarxik tahlil usulidagi pog‘onalar tarkibi ichki pog‘ona   kiritish orqali takomillashtirilib, Surxondaryo viloyatidagi KSZ lar avval tuman miqyosida keyin viloyat miqyosida muhimlik koeffisientlari (MK) asosida optimallashtirilgan;
hudud miqyosida va Respublika miqyosida KSZ lar ishlab chiqarish hajmini additiv va multiplikativ bog‘lanishini ifodalovchi adaptiv modellari asosida 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududiy kichik sanoat zonalari faoliyati rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik sanoat zonalari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish va rivojlanish darajasini baholash maqsadida iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi shakllantirilib 5 ballik tizimida milliy reytingini tuzish hamda shu asosda KSZ larni “faol” (21≤RD≤30), “o‘rta” (16≤RD≤20) va “qoloq” (RD≤15)  guruhlarga ajratish orqali takomillashtirish taklifidan Surxondaryo viloyati hokimining 2021-yil 16- sentyabrdagi “Surxondaryo viloyati yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-38-116-8-0-K/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 25-yanvar 02-04/576-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida kichik sanoat zonalarining holati va rivojlanish dinamikasini kuzatish,  statistik-tahlil imkoniyatlari kengaytirilgan;
hududiy KSZ larida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning import o‘rnini bosuvchi va eksportbopligini, ya’ni raqobatbardoshligini baholashda  Surxondaryo viloyatidagi KSZ dagi korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlarning raqobatbardoshlik koeffisientiga ko‘ra korxona mahsulotlari raqobatbardoshligini kuchsiz (0˂RK≤0.1), “o‘rta” (0.1˂RK≤0.3), kuchli (0.3˂RK≤0.5) va o‘ta kuchli  (0.5˂RK˂1)darajalar asosida baholash taklifidan Surxondaryo viloyati hokimining 2021 yil 16 sentyabrdagi “Surxondaryo viloyatidi yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-38-116-8-0-K/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 25-yanvar 02-04/576-son ma’lumotnomasi). Bu uslubiyotni amaliyotga qo‘llash natijasida mintaqaviy hokimiyat organlari bilan birga KSZ ishtirokchilari uchun raqobatbardosh (import o‘rnini bosuvchi, eksportbop) mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadigan strategiya  va taktikani ishlab chiqish uchun  zarur boshqarish qarorlarini tezda qabul qilish imkonini bergan;
hududiy KSZ lar joylashuv o‘rnini mahalliy yoki xorijiy investorlar tomonidan tanlash ierarxik tahlil usulidagi pog‘onalar tarkibi ichki pog‘ona   kiritish orqali takomillashtirilib, Surxondaryo viloyatidagi KSZ lar avval tuman miqyosida keyin viloyat miqyosida muhimlik koeffisientlari (MK) asosida optimallashtirish taklifidan Surxondaryo viloyati hokimining 2021-yil 16- sentyabrdagi “Surxondaryo viloyatidi yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-38-116-8-0-K/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 25-yanvar 02-04/576-son ma’lumotnomasi). Bu uslubiyotni amaliyotga qo‘llash natijasida, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda  taktik o‘zgarishlarni amalga oshirishga, shuningdek, hudud iqtisodiy tizimini  faollashtirishga yordam bergan;
O‘zbekiston Respublikasi hamda Surxondaryo viloyatida KSZ lar mahsulot ishlab chiqarish hajmining additiv va multiplikativ bog‘lanishini ifodalovchi adaptiv modellari asosida 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan Surxondaryo viloyati hokimining 2021-yil 16-sentyabrdagi “Surxondaryo viloyatidi yoshlar, sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-38-116-8-0-K/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 25-yanvar 02-04/576-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat sanoat mahsuloti hajmini 2025-yilda 2022-yilga nisbatan 2,5 barobardan ko‘proq oshirish, viloyat kichik tadbirkorlik subektlari sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmini 2 barobardan ko‘proq oshirish hamda kichik sanoat zonalari mahsulot ishlab chiqarish hajmini esa deyarli 9 barobardan ko‘proq oshirish imkoniyatlari mavjudligi aniqlangan hamda kichik sanoat zonalarining kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish