Odilbekov Shaxbozbek Shuxratjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi va nazoratini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1917.
Ilmiy rahbar: Hamdamov Baxrom Kasimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdusalomova Nodira Bahodirovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi va nazoratini takomillashtirishga oid ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tibbiyot muassasasida pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha pul mablag‘lari hisobini yuritish uchun 102 401/1 (112/1) - “Statsionar pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha pul mablag‘lari” hamda 102 401/2 (112/2) - “Ambulator pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha pul mablag‘lari” ishchi schyotlari taklif etilgan;
tibbiyot muassasasida pullik tibbiy xizmatlardan tushgan naqd pul mablag‘lari hisobini yuritish uchun 109 101 (120/1) “Statsionar pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha naqd pul mablag‘lari” hamda 101 102 (120/2) - “Ambulator pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha naqd pul mablag‘lari” ishchi schyotlari taklif etilgan;
hisobot davri davomida tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining 75 foizini xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirish taklif etilgan;
muassasada pullik tibbiy xizmatlar turlari va ular bilan bog‘liq naqd pul tushumlari hajmining yuqoriligini inobatga olib kassadagi naqd pul mablag‘larini har o‘n besh kunda bir marotaba  inventarizatsiyadan o‘tkazish zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi va nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tibbiyot muassasasida pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha pul mablag‘lari hisobini yuritish uchun 102 401/1 (112/1) - “Statsionar pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha pul mablag‘lari” hamda 102 401/2 (112/2) - “Ambulator pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha pul mablag‘lari” ishchi schyotlari taklifi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2022 yil 13 maydagi 125/01-01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz faoliyat yo‘nalishiga mos tarzda statsionar va ambulator tibbiy xizmatlardan tushgan pul mablag‘larini alohida hisobga olish hamda tahliliy hisob ishlarini yuritish imkoniyati yaratildi.
tibbiyot muassasasida pullik tibbiy xizmatlardan tushgan naqd pul mablag‘lari hisobini yuritish uchun 109 101 (120/1) - “Statsionar pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha naqd pul mablag‘lari” hamda 101 102 - (120/2) “Ambulator pullik tibbiy xizmatlar bo‘yicha naqd pul mablag‘lari” ishchi schyotlari taklifi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi (Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2022 yil 13 maydagi 125/01-01-01-son ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Statsionar va ambulator tibbiy xizmatlar ko‘rsatish orqali kirim qilinadigan naqd pul mablag‘larini alohida hisobga olish yo‘lga qo‘yilib, naqd pul mablag‘lari bo‘yicha joriy davr uchun analitik buxgalteriya axborotlarini shakllantirish imkoniyati yaratildi.
hisobot davri davomida tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining 75 foizini xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirishga oid taklifi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi (Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2022 yil 13 maydagi 125/01-01-01-son ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Natijada, muassasada tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib borish imkoniyati yaratilgan;
muassasada pullik tibbiy xizmatlar turlari va ular bilan bog‘liq naqd pul tushumlari hajmining yuqoriligini inobatga olib kassadagi naqd pul mablag‘larini har o‘n besh kunda bir marotaba  inventarizatsiyadan o‘tkazish taklifi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi (Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining 2022 yil 13 maydagi 125/01-01-01-son ma’lumotnomasi) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Natijada pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan kirim qilinadigan naqd pul mablag‘larining haqiqatda amalga oshirilgan xizmatlar bilan bog‘liqlikda hujjatlashtirilishi, bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar davriyligi bilan mos holda naqd pul mablag‘larini uzlyuksiz nazorat qilish imkoniyatini yaratdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish