Abdullaev Bunyod O‘tkirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekoturizmni rivojlantirishning ekonometrik modellari (Surxondaryo viloyati misolida)», 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2919
Ilmiy rahbar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ataev Jasur Erkinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Surxondaryo viloyatida ekoturizmni rivojlantirish samaradorligini ekonometrik baholash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik turizmning tabiiy muhitga g‘amxo‘rlik qilish, unga mehr-muhabbatni tarbiyalash, muhofaza qilish va ko‘paytirish muhimligini anglash bilan uyg‘unlashtirgan holda ekoturizmning o‘zaro bog‘langan elementlardan tashkil topgan tashkiliy tizim modeli taklif etilgan;
Surxondaryo viloyati hududlarining turizm faoliyati havfini daromadlar, xarajatlar va o‘zgaruvchanlik koeffisienti orqali (0-0,1 - minimal xavf; 0,1–0,25 – moliyaviy xavf; 0,25-0,5 - qabul qilinadigan xavf; 0,5–0,75 – kritik xavf; 0,75 - halokatli xavf) mezonlar asosida baholash taklif etilgan;
Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini rivojlantirish, keng ommaga tanishtirish hamda turistlarni jalb qilish geografiyasini kengaytirish maqsadida “Surxon Tourism” mobil ilovasi ishlab chiqilgan;
Surxondaryo viloyatiga ekoturizm bo‘yicha tashrif buyurganlar sonini o‘zgarishini uchta ssenariy asosida 2024-2030-yillargacha prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyatida ekoturizmni rivojlantirish samaradorligini ekonometrik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekologik turizmning tabiiy muhitga g‘amxo‘rlik qilish, unga mehr-muhabbatni tarbiyalash, muhofaza qilish va ko‘paytirish muhimligini anglash bilan uyg‘unlashtirgan holda ekoturizmning o‘zaro bog‘langan elementlardan tashkil topgan tashkiliy tizim modeli bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 29-yanvardagi “Surxondaryo viloyatida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 65-8-0-Q/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 25-yanvardagi 06-06/105-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Surxondaryo viloyatida 2020-2023-yillarda faoliyat yuritayotgan ekoturizm ob’ektlari sonini 11,1 foizga va daromadni 21 foizga oshirishga erishilgan;
Surxondaryo viloyati hududlarining turizm faoliyati havfini daromadlar, xarajatlar va o‘zgaruvchanlik koeffisienti orqali (0-0,1 - minimal xavf; 0,1–0,25 – moliyaviy xavf; 0,25-0,5 - qabul qilinadigan xavf; 0,5–0,75 – kritik xavf; 0,75 - halokatli xavf) mezonlar asosida baholash natijalari bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 29-yanvardagi “Surxondaryo viloyatida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 65-8-0-Q/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 25-yanvardagi 06- 06/105-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangiliklar Surxondaryo hududlarining turizm salohiyatini baholash imkoniyatini berib, 2022-2023-yillarda hududiy turizm salohiyatini qo‘shimcha 15,2 foizga oshirishga imkoniyat yaratgan;
Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini rivojlantirish, keng ommaga tanishtirish va eng asosiysi turistlarni jalb qilish geografiyasini kengaytirish maqsadida “Surxon Tourism” mobil ilovasi bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 29-yanvardagi “Surxondaryo viloyatida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 65-8-0-Q/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 25-yanvardagi 06-06/105-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik hukumatimiz va viloyat hokimligi tomonida turizmni rivojlantirish dasturlari ijrosi samaradorligini amalda baholash imkonini bergan;
Surxondaryo viloyatiga ekoturizm bo‘yicha tashrif buyurganlar sonini o‘zgarishini uchta ssenariy asosida 2024-2030-yillargacha prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan natijalari Surxondaryo viloyati hokimining 2024-yil 29-yanvardagi “Surxondaryo viloyatida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 65-8-0-Q/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 25-yanvardagi 06-06/105-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natija asosida viloyatda turizm faoliyatini rivojlantirish va hududlararo raqobatbardoshligini shakllantirish bo‘yicha strategik rejalar tuzishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish