Isaqova Mohinur Solijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) “O‘zbekiston turizmining rivojlanishida xotin-qizlar hunarmandchiligining o‘rni (1991–2021-yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar1094
Ilmiy rahbar: Xoliqova Rahbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor;
Ostonov Oybek  Aliqulovich tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2021-yillarda O‘zbekiston turizmining rivojlanishida xotin-qizlar hunarmandchiligi tarmoqlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hunarmandchilik  mahsulotlari mahalliy ishlab chiqarish madaniy an’ana usullariga asoslanganligi, qadimdan mahallalarda zardo‘zlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, kulolchilikning rivojlanib, hunarmand sulolalar shakllanib kelganligi hamda sulolaviy maktablar o‘z an’analari asosida taraqqiy etib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga asos bo‘layotganligi aniqlangan;
milliy ipak matolardan tayyorlangan, ayollar qo‘l mehnati bilan an’anaviy usulda o‘ttizdan ortiq ish jarayonida yaratilib, dastgohlarda to‘qilgan adras G‘arb dizaynerlari kolleksiyalarida namoyish etilib, jahon modasiga jiddiy va mustahkam o‘ringa ega bo‘lib borayotganligi dalillangan;
e’tiqodiy qarashlar, urf-odatlar bilan bog‘liq gilamlar xususan, “qiz gilam,” “sangor”, “julhirs”, “gajariy”, “terma”, “taqir”, “oq enli” kabi gilamlardan tashqari respublika  hududlarida arabiy gilamlar, kigiz bosish, bo‘yra to‘qish sa’nati hanuz ayollar qo‘l mehnatiga asoslanib yaratilganligi aniqlangan;
Yangi O‘zbekistonda tadbirkor-hunarmand, kasanachi ayollarning qo‘l mehnati na’munalari, bo‘lgan zardo‘z, shoyi, kashta, gilam kabi hunarmandchilik mahsulotlari qadimiy bezaklarning saqlanib qolganligi buyurtmalar sonini oshishiga imkon berayotganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlarining hunarmandchilik orqali turizmni rivojlantirishdagi ishtirokiga oid olingan natijalar asosida:
hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda madaniy an’ana usullariga asoslanganligi qadimdan mahallalarda zardo‘zlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik do‘ppido‘zlikning rivojlanib hunarmand sulolalarning shakllanib kelganligi to‘g‘risidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” kabi ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 12-sentyabrdagi 12-31/1486-son ma’lumotnomasi). Natijalar xotin-qizlar hunarmandchiligi keng jalb etishga qaratilgan davlat siyosatining ijtimoiy ahamiyatini ommaga etkazish va dasturlarni mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
Milliy ipak matolardan tayyorlangan, ayollar qo‘l mehnati bilan an’anaviy usulda o‘ttizdan ortiq ish jarayonida yaratilib,dastgohlarda to‘qilgan adras G‘arb dizaynerlari kolleksiyalarida namoyish etilib, jahon modasida jiddiy va mustahkam o‘ringa ega bo‘lib milliylikni saqlab borayotganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Aslida qanday” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zMTRK ning 2022-yil 13-dekabrdagi  06-28-2057- son ma’lumotnomasi). Bu tomoshabinlarning Xotin-qizlar qo‘l mehnatining ichki va tashqi turizmni rivojlantirishdagi o‘rni bo‘yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;  
E’tiqodiy qarashlar,urf-odatlar bilan bog‘liq gilamlar xususan, “qiz gilam,” “sangor”, “julhirs”, “gajariy”, “terma”,  “taqir”, “oq enli” kabi gilamlardan tashqari respublika  hududlarida arabiy gilamlar, kigiz bosish, bo‘yra to‘qish sa’nati xanuz ayollar qo‘l mehnatiga asoslanib yaratilganligi oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi  Madaniyat va Turizm  vazirligining turizm sohasiga universitetlarni keng jalb qilish, yangi ish o‘rnilarini tashkil etishda olib borilgan faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Madaniyat va Turizm vazirligining 2023-yil 24-fevraldagi 04-12-08-987-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar, xususan, Respublika iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga ko‘tarish, ichki turizm sifatlarini yaxshilash, milliy hunarmadchilik va xalqaro turizm yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda tadbirkor-hunarmand, kasanachi ayollarning yaratgan zardo‘z, shoyi, kashta, gilam kabi hunarmandchilik mahsulotlari qadimiy bezaklarning saqlanib qolganligiga oid natijalardan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari O‘zbekiston xotin-qizlarining chevarchilik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, zardo‘zlik singari kasanachilik mehnat shaklini bozor iqtisodiyoti talablariga va erkin raqobat muhitiga moslashuviga doir taklif va tavsiyalardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2023-yil 28-fevral 02-01/182-son ma’lumotnomasi). Bu keng jamoatchilikni xotin-qizlar tadbirkorligiga oid imtiyozlar bu boradagi yangi tashabbuslardan xabardor bo‘lishiga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish