Bekchanov Doniyor Baxramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm jadidlari falsafasida milliy taraqqiyot masalalari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal616
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Ruzmatova Gulnoza Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Alimov Akbar Narbaevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm jadidlari falsafiy merosining milliy taraqqiyot jarayonida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xorazm jadidlarini sekulyaristik (dunyoviylikka asoslangan) g‘oyalarining ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri aniqlanib, uning bugungi Yangi O‘zbekistonda shakllanayotgan siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, estetik g‘oyalar uchun konseptual asos sifatidagi xususiyati ochib berilgan;
Xorazm jadidlari ijtimoiy-siyosiy faoliyatining mazmunini tashkil qiluvchi ma’rifatparvarlik, gumanistik, bag‘rikenglik konsepsiyalari milliy taraqqiyotimizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi diniy, etnik ziddiyatlarni oldini olishda konstrukiv omil ekanligi aniqlangan;
yoshlarda ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, ularning faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish hamda milliy o‘zlikni anglashida Xorazm jadidlari yaratgan mustaqillik, demokratiya va madaniy merosga sodiqlik kabi umuminsoniy g‘oyalarning vorisiylikni ta’minlovchi mohiyati asoslangan;
Xorazm jadidlarining ilmiy merosida milliy taraqqiyotni ta’minlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-demokratik islohotchilik g‘oyalari tarixiy zamon, ijtimoiy makonda sayqallanib, uning bugungi huquqiy-demokratik, erkin fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyalariga adekvat ekanligi mantiqiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm jadidlari falsafiy merosining milliy taraqqiyot jarayonida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan asoslashga qaratilgan tadqiqot natijalari asosida:
Xorazm jadidlarini sekulyaristik (dunyoviylikka asoslangan) g‘oyalarining ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri aniqlanib, uning bugungi Yangi O‘zbekistonda shakllanayotgan siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, estetik g‘oyalar uchun konseptual asos sifatidagi xususiyatiga oid ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2020-2022-yillarda bajarilgan “Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlari asosida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma’rifiy, tarbiyaviy kurash asoslarini o‘zida jamlagan multimedia dasturi hamda mobil ilovasini yaratish” nomli FZ-202002146 raqamli amaliy loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2023-yil 12-apreldagi 05-546-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston yoshlarida xalqimizning boy tarixiy va milliy-ma’naviy merosini asrashga daxldorlik hissini shakllantirish hamda vorisiylik tuyg‘usini yuksaltirishga, shuningdek, ularni mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilgan;
Xorazm jadidlari ijtimoiy-siyosiy faoliyatining mazmunini tashkil qiluvchi ma’rifatparvarlik, gumanistik, bag‘rikenglik konsepsiyalari milliy taraqqiyotimizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi diniy, etnik ziddiyatlarni oldini olishda konstrukiv omil ekanligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019-yil 1-noyabrdagi VI qurultoyida tasdiqlangan partiyaning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining ijrosini ta’minlashda hamda 2022-yil uchun mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturida belgilangan jamiyatda oila institutini va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shiori ostidagi dasturlar ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining 2023-yil 6-iyuldagi 02-05-41-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz aholisini, xususan, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilgan;
yoshlarda ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, ularning faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish hamda milliy o‘zlikni anglashida Xorazm jadidlari yaratgan mustaqillik, demokratiya va madaniy merosga sodiqlik kabi umuminsoniy g‘oyalarning vorisiylikni ta’minlovchi mohiyati asoslanganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, shuningdek, yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va Sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati Yoshlar ishlar boshqarmasining 2023-yil 3-iyundagi 02-10/130-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni hozirgi vaqtda mamlakatimizda Taraqqiyot Strategiyasi negizida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylanib mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan shaxslar bo‘lib kamol topishiga xizmat qilgan;
Xorazm jadidlarining ilmiy merosida milliy taraqqiyotni ta’minlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-demokratik islohotchilik g‘oyalari tarixiy zamon, ijtimoiy makonda sayqallanib, uning bugungi huquqiy-demokratik, erkin fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyalariga adekvat ekanligiga doir taklif va tavsiyalardan “Oʻzbekiston” teleradiokanalining “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 23-noyabrdagi 04-36-1949-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda xalqimizning boy tarixiy va milliy-ma’naviy merosini asrashga daxldorlik hissini shakllantirish hamda vorisiylik tuyg‘usini yuksaltirishga, shuningdek, ularni mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilgan.