Xudjaqulova Feruza Raxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston taraqqiyotining yuksalish bosqichida o‘quvchi yoshlarning milliy mafkuraviy ongini shakllantirish”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal426
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Muhamadiev Nurmat Ergashevich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ro‘zimurodov Siroj Madatovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi yuksalish bosqichida o‘quvchi yoshlarning milliy mafkuraviy ongini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchi yoshlarning milliy mafkuraviy ongini to‘g‘ri shakllantirishda ularning individual-psixologik, yoshi va jinsi bilan bog‘liq differensial xususiyatlarini inobatga olish birlamchi omil ekanligi mantiqiy dalillangan;
o‘quvchi yoshlarning milliy mafkuraviy ongini rivojlantirish orqali ularning ilm olishlaridagi ma’naviy erkinligini ta’minlaydigan “aqlli maktab” konsepsiyasini yaratish va uni amalga oshirish zaruriyati bugungi jamiyatning davr xarakteriga adekvat ekanligi falsafiy asoslangan;
O‘zbekistonda yangi ma’naviy makonni yaratishda o‘quvchi yoshlarning milliy mafkuraviy ongini yuksaltirish bilan bog‘liq ma’naviy qadriyatlar ustuvorligi, g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiya samaradorligini oshishi, ochiqlik va xabardorlik kabi konstruktiv omillar mamlakatning barqaror dinamik o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi asoslangan;
o‘quvchi yoshlarda yetakchilik qiluvchi emotsional, motivatsion va individual-tipologik xususiyatlar milliy mafkuraviy ongni yuksaltirishda mas’uliyatlilik, mehnatsevarlik va tashabbuskorlik kabi irodaviy sifatlari bilan o‘zaro dialektik aloqadorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston taraqqiyotining yuksalish bosqichida o‘quvchi yoshlarning milliy mafkuraviy ongini shakllantirishning muammo va echimlarlarini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etish asosida:
o‘quvchi yoshlarning milliy mafkuraviy ongini to‘g‘ri shakllantirishda ularning individual-psixologik, yoshi va jinsi bilan bog‘liq differensial xususiyatlarini inobatga olish birlamchi omil ekanligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalar va taklif-tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyning elektron katalogini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 2-iyun 02-06-1798-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzey ashyolari va kolleksiyalari orqali yosh avlodga ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, ilmiy-tarbiyaviy  kabi umuminsoniy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhini shakllantirishda muhim manbalardan biri bo‘lib xizmat qilgan;
o‘quvchi yoshlarning milliy mafkuraviy ongini rivojlantirish orqali ularning ilm olishlaridagi ma’naviy erkinligini ta’minlaydigan “aqlli maktab” konsepsiyasini yaratish va uni amalga oshirish zaruriyati bugungi jamiyatning davr xarakteriga adekvat ekanligiga oid ilmiy-nazariy taklif-tavsiyalardan Navoiy viloyatining “Yangi O‘zbekiston-ma’rifatli jamiyat” shiori ostida “Ma’naviyat festivali”ni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan chora tadbirlar dasturining  1, 6, 33-bandlari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 25-maydagi 204-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishda va yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun masʼuliyat hissini kuchaytirish, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib tarbiyalash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, joylarda maʼnaviy etuk, isteʼdodli, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda yangi ma’naviy makonni yaratishda o‘quvchi yoshlarning milliy mafkuraviy ongini yuksaltirish bilan bog‘liq ma’naviy qadriyatlar ustuvorligi, g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiya samaradorligini oshishi, ochiqlik va xabardorlik kabi konstruktiv omillar mamlakatning barqaror dinamik o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi asoslanganligiga oid taklif-tavsiyalardan Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan 2021-yilda bajarilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz!” mavzusidagi 21-01-04 raqamli amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limining 2023-yil 3-apreldagi 01-45-son ma’lumotnomasi). Natijada, oiladagi axloqiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, mahallalarda yashovchi o‘quvchi yoshlarni ota va onaga nisbatan sadoqatli bo‘lish, mahallalardagi qizlar va ayollarning hurmat izzatini joyiga qo‘yish borasida olib borilayotgan ma’naviy-mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot ishlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
o‘quvchi yoshlarda yetakchilik qiluvchi emotsional, motivatsion va individual-tipologik xususiyatlar milliy mafkuraviy ongni yuksaltirishda mas’uliyatlilik, mehnatsevarlik va tashabbuskorlik kabi irodaviy sifatlari bilan o‘zaro dialektik aloqadorligi aniqlanganligiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2022-2023-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” teledasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 25-maydagi 04-36-817-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavzu doirasidagi amaliy chora-tadbirlar dasturlarini takomillashtirishga va zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimida o‘quvchi yoshlarning milliy mafkuraviy ongini  shakllantirish mexanizmlari, motiv va tamoyillaridan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish