Hamraev Amirzoda Xakimzoda o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda samarali kapital strukturasini shakllantirish yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt2218
Ilmiy rahbar: Tursunov Anvar Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Narboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
II. Tadqiqotning maqsadi Korxonalarda samarali kapital strukturasini shakllantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarish korxonalari samaradorligini oshirishda korxonalar xususiy kapitalning qarz kapitalidagi ulushi eng ko‘pi bilan 67.3% ga tengligida xususiy va qarz kapitali optimal chegarasini ishlab chiqish imkoniyati mavjudligi taklif etilgan.
Prays Vinsten regression metodi orqali korxonalar samaradorligi ko‘rsatkichi (ROE) ga ta’sir etuvchi omillar o‘rganilib, korxonalar kapitalini optimal holatga keltirish natijasida ROE darajasini maksimum 16.52% ga oshirish  taklifi keltirilgan.
korxonalar qarz “yuki” hamda qarz kapitali bahosi o‘rtasida regression bog‘liqlik aniqlanib, korxona qiymatining qarz kapitali ulushiga bo‘lgan sezuvchanligini ishlab chiqish orqali korxonalar qiymatini o‘rtacha 1.0-1.5% oraliqda oshirish taklifi keltirilgan.
o‘yinlar nazariyasi matrisasi orqali korxonalarda moliyaviy menejer optimizm darajasi hamda qarz kapitali ulushini shakllantirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash orqali moliyaviy menejerning optimizm darajasidan kelib chiqib, korxona eng quyi va yuqori miqdorlarda kapitalini qarz mablag‘lari evaziga shakllantirish ehtimolliklari 5 xil ssenariylar (salbiy, biroz salbiy, neytral, biroz ijobiy, ijobiy ssenariylarda) asosida shakllantirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Korxonalarda samarali kapital strukturasini shakllantirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
ishlab chiqarish korxonalari samaradorligini oshirishda xususiy va qarz kapitali optimal chegarasini ishlab chiqishga oid berilgan taklif amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023-yil 8-sentabrdagi KC/3-425 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqaruvchi aksiyadorlik jamiyatlari xususiy hamda qarz kapitaliga qo‘yiladigan qat’iy chegaralar, ya’ni qarz kapitalining xususiy kapitalga bo‘lgan nisbati ko‘pi bilan 67.3% (0.673) ga (1:2 nisbatda) tengligida korxonalarning moliyaviy barqarorligi va samaradorligini oshirishda imkoniyatlar yaratildi.
Prays Vinsten regression metodi orqali korxonalar samaradorligi ko‘rsatkichi (ROE) ga ta’sir etuvchi omillar o‘rganilib, korxonalar kapitalini optimal holatga keltirish bo‘yicha berilgan taklif amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023-yil 8-sentabrdagi KC/3-425 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyatlari kapitallarini optimal holatga keltirib, natijada ROE darajasini maksimum 16.52% gacha oshirish imkoniyatining mavjudligi asoslandi.
korxonalar qarz yuki hamda qarz kapitali bahosi o‘rtasida regression bog‘liqlikni o‘rganib, korxona qiymatining qarz kapitali ulushiga bo‘lgan sensitivligi (sezuvchanligi) bo‘yicha berilgan taklif ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023-yil 8-sentabrdagi KC/3-425 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tahlil qilinayotgan davrda korxonalarning haqiqatdagi qarz ulushini to optimal qarz ulushigacha bo‘lgan chegarada qo‘shimcha 5% ga oshirib borib, korxona qiymatini o‘rtacha 1.0-1.5% oraliqda oshirish imkoniyatlari  asoslandi.
korxonalarda moliyaviy menejer optimizm darajasi hamda qarz kapitali ulushini shakllantirish o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha berilgan taklif ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2023-yil 8-sentabrdagi KC/3-425 sonli ma’lumotnomasi). Natijada moliyaviy menejerning optimizm darajasidan kelib chiqib, korxona eng quyi va yuqori miqdorlarda kapitalini qarz mablag‘lari evaziga shakllantirish ehtimolliklari 5 xil ssenariylar (salbiy, biroz salbiy, neytral, biroz ijobiy, ijobiy ssenariylarda)  asosida shakllantirish yo‘nalishlari belgilab olindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish