Eshonqulov Javohir Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Engil sanoat korxonalarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishni ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2750.
Ilmiy rahbar: Raximov Anvar Norimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxonov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamraev Quvvat Iskandarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi engil sanoat korxonalarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga oid ilmiy talkif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
engil sanoat korxonalari samaradorligini oshirishda global strategik yondoshuvlar tizimida rivojlantirishning potensial pozisiyasiga ko‘ra baholash sxemasi taklif qilingan;
mintaqa engil sanoat korxonlarini rivojlantirishda tarmoqlarning muhimlik darajasini (k_T=0,47, k_K=0,37, k_Ch=0,16) larga asosan algoritmik modeli taklif qilingan;
mintaqada engil sanoat korxonalarini xom-ashyo, sifat menejmenti, innovatsiyalashuv, texnik taraqqiyot, marketing faoliyati, xodimlar salohiyati hamda boshqaruv komponentlari bo‘yicha rivojlantirish va samaradorligini oshirishning ekonometrik modeli taklif qilingan;
mintaqada engil sanoat korxonalarini rivojlantirish ko‘rsatkichlarining 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Engil sanoat korxonalarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishni ekonometrik modellashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
engil sanoat korxonalari samaradorligini oshirishda global strategik yondoshuvlar tizimida rivojlantirishning potensial pozisiyasiga ko‘ra baholash sxemasi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari Kengashining 2024-yil 9-apreldagi “Viloyatda kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-72-48-44-0-K/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 13-dekabrdagi 07/1930-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyati engil sanoatida ishlab chiqarish tarkibiy o‘zgarishlarini diversifikatsiya qilish amaliy dasturlarining iqtisodiy samaradorligi baholangan, rivojlanishning global strategik muhitida mintaqaning iqtisodiy salohiyat imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan. Engil sanoat korxonalarining tashqi savdo tizimida ko‘p funksional faoliyatini tashkil etishga, investisiya, bandlik, klasterlashtirish, gender tenglik, eksport, import, texnik yangilanish, innovatsion rivojlanish, korxona raqobatbardoshligi, xom-ashyo, kichik biznes, daromad, yashil iqtisodiyot ko‘rsatkichlari asosida tizimlashtirilgan sektorga aylantirish imkoniyatlari oshgan;
mintaqa engil sanoat korxonalarini rivojlantirishda tarmoqlarning muhimlik darajasini (k_T=0,47, k_K=0,37, k_Ch=0,16) larga asosan algoritmik modeli bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari Kengashining 2024-yil 9-apreldagi “Viloyatda kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-72-48-44-0-K/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 13-dekabrdagi 07/1930-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qimachilik, tikuvchilik va charm sanoati tarmoqlarining ijtimoiy-iqtisodiy integratsiyasi samaradorligini baholashning ekonometrik mezonlari joriy etilgan. Engil sanoat tarmoqlarini keng ko‘lamli integratsiyasini tashkil etish asosida sohani barqaror rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan;
mintaqada engil sanoat korxonalarini xom-ashyo, sifat menejmenti, innovatsiyalashuv, texnik taraqqiyot, marketing faoliyati, xodimlar salohiyati hamda boshqaruv komponentlari bo‘yicha rivojlantirish va samaradorligini oshirishning ekonometrik modellashtirish bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari Kengashining 2024-yil 9-apreldagi “Viloyatda kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-72-48-44-0-K/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 13-dekabrdagi 07/1930-son ma’lumotnomasi). Natijada engil sanoat korxonalarining raqobatbardosh faoliyatini ta’minlashda, iqtisodiy faoliyat bo‘g‘inlari kesimida xarajatlar taqsimotini optimallashtirishga erishilgan. Xususan, korxonalarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish asosida samaradorlikni 18,5 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
mintaqada engil sanoat korxonalarini rivojlantirish ko‘rsatkichlarining 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati xalq deputatlari Kengashining 2024-yil 9-apreldagi “Viloyatda kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-72-48-44-0-K/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2023-yil 13-dekabrdagi 07/1930-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada engil sanoatni rivojlantirishning ishonchli prognoz parametrlarini hisoblash imkoniyati paydo bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish