Xatamov Nurbek Ochildievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb qilishning ekonometrik modellari (Surxondaryo viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2945.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudoyar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rahimov Zaxidjon Tayirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investisiyalardan samarali foydalanish jarayonlarining ekonometrik modellari tuzish va uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
mintaqada investision jozibadorlikni oshirish orqali xorijiy investisiyalar jalb qilishning ishlab chiqarish va moliyaviy salohiyatining baholash ko‘rsatkichlarining ustuvorlik darajasi asoslangan;
hududiy xususiyatlar bo‘yicha xorijiy investisiyalar me’yori (I_i^t*X_i^t*Z_i^t)/(∑_(j=1)^n▒Y_ij^t )*100% va qo‘shimcha kapital xarajati koeffisienti (〖XI〗_(t-1)/〖YHM〗_(t-1))/(〖YHM〗_t/〖YHM〗_(t-1) ) mezonlarini hisobga olgan holda mintaqaga jalb etilayotgan xorijiy investisiyalar samaradorligini baholash usuli takomillashtirilgan;
Surxondaryo viloyati yalpi hududiy mahsulot hajmi o‘zgarishiga viloyatda o‘zlashtirigan asosiy kapitalga investisiyalar ta’sirining chiziqli - YHM=2,3*SMH+4,03*ITH+0,4*AKI+2861,6 va chiziqsiz - YHM=(〖AKI〗^0,16*〖MRS〗^5,97*〖IKS〗^0,5)/e^39,4871 modellari ishlab chiqilgan;
xorijiy investisiyalarning Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha 2024-2028-yillar uchun ssenariyli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb qilishning ekonometrik modellashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqada investision jozibadorlikni oshirish orqali xorijiy investisiyalar jalb qilishning ishlab chiqarish va moliyaviy salohiyatining baholash ko‘rsatkichlarining ustuvorlik darajasi bo‘yicha taklifi Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 2021-yil 15-iyundagi “Viloyatda investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-29-7-8-0-K/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 4-martdagi 04-04/399-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi Surxondaryo viloyatiga jalb qilinayotgan xorijiy investisiyalar hajmini 13,8 foizga qo‘shimcha oshirish imkoniyatini berishi aniqlangan;
hududiy xususiyatlar bo‘yicha xorijiy investisiyalar me’yori (I_i^t*X_i^t*Z_i^t)/(∑_(j=1)^n▒Y_ij^t )*100% va qo‘shimcha kapital xarajati koeffisienti (〖XI〗_(t-1)/〖YHM〗_(t-1))/(〖YHM〗_t/〖YHM〗_(t-1) ) mezonlarini hisobga olgan holda mintaqaga jalb etilayotgan xorijiy investisiyalar samaradorligini baholash usuli bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 2021-yil 15-iyundagi “Viloyatda investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-29-7-8-0-K/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 4-martdagi 04-04/399-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi jalb tiladigan kredit bo‘yicha asosiy qarzni so‘ndirish, foiz, yig‘im va xizmat ko‘rsatish hamda moliyalashtirishni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni 5,7 % aniqlikda hisoblash imkonini bergan;
Surxondaryo viloyati yalpi hududiy mahsulot hajmi o‘zgarishiga viloyatda o‘zlashtirigan asosiy kapitalga investisiyalar ta’sirining chiziqli - YHM=2,3*SMH+4,03*ITH+0,4*AKI+2861,6 va chiziqsiz - YHM=(〖AKI〗^0,16*〖MRS〗^5,97*〖IKS〗^0,5)/e^39,4871 modellari bo‘yicha taklifi Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 2021-yil 15-iyundagi “Viloyatda investisiyalarni jalb qilish va investisiya loyihalari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-29-7-8-0-K/21-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 4-martdagi 04-04/399-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijalaridan Surxondaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmini qo‘shimcha 14,8 foizga oshirish mumkinligi asoslangan;
xorijiy investisiyalarning Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha 2024-2028-yillar uchun ishlab chiqilgan ssenariyli prognoz parametrlari natijalari bo‘yicha taklifi Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki ishtirokida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatidan tanlangan hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 9-yanvardagi VI-81-3-8-0-K/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2024 yil 4-martdagi 04-04/399-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik natijalaridan loyiha doirasida Surxondaryo viloyati, viloyatning Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Sho‘rchi, Sariosiyo, Uzun, Denov hamda Boysun tumanlari markazi va unga tutash bo‘lgan hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan.