Xamdamova Gavxar Absamatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish (energetika sanoati korxonalari misolida)», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt475.
Ilmiy maslahatchi: Allaeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Samatov Gaffar Allakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida energetika tarmog‘i korxonalarining energiya samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish b’yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hamrox gazlar tarkibidagi zararli chiqindilar miqdorini kamaytirish va energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda gaz turbinasi qurilmalari va gazporshenli agregatlardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
fotoelektrik batareyalar FIK darajasiga muvofiq holatni ushlab turishga muvofiq bo‘lgan texnologiyalarga ko‘ra respublika aerostatlardagi quyosh bug‘-turbinali elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish samaradorliligi asoslangan;
issiqlik elektr stansiyalarining mazut xo‘jaliklari uchun issiqlik texnologiyalari sxemasi va termodinamikani tahliliga ko‘ra energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish samaradorligini baholash algoritmi takomillashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha bo‘lgan davrda elektr energiyani ishlab chiqarishni atmosferaga CO2 chiqishni kamaytirishni hisobga olgan holda rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
 “Talimarjon IES”  AJda chiqindi qozonli gaz turbinasi qurilmasidan foydalangan holda issiqlik elektr stansiyasining energiya samaradorligini oshirishning chiqindisiz ishlab chiqarish jarayoniga ko‘ra metodologik yondashuvi takomillashtirilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
 Energetika korxonalarining energetika samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
 Energetika korxonalarining energetika samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
 hamrox gazlar tarkibidagi zararli chiqindilar miqdorini kamaytirish va energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda gaz turbinasi qurilmalari va gazporshenli agregatlardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif, jumladan “Talimarjon IES” AJ amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Energetika vazirligining 2023 yil 19 dekabrdagi 02-18-7988-sonli ma’lumotnomasi; “Talimarjon IES” AJning 2023 yil 30 noyabrdagi 02/2623-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy qilish zararli chiqindilar darajasi va energiya yo‘qotilishini kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
fotoelektrik batareyalar FIK darajasiga muvofiq holatni ushlab turishga muvofiq bo‘lgan texnologiyalarga ko‘ra respublika aerostatlardagi quyosh bug‘-turbinali elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish samaradorliligi asoslangan taklif, jumladan “Talimarjon IES” AJ amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Energetika vazirligining 2023 yil 19 dekabrdagi 02-18-7988-sonli ma’lumotnomasi; “Talimarjon IES” AJning 2023 yil 30 noyabrdagi 02/2623-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi quyosh stansiyalaridagi fotoelektrik batareyalarning samaradorligi bilan taqqoslanadigan 15-20% elektr energiyasini ishlab chiqarishning maqbul darajasi saqlanib qolishga muyyan darajada xizmat qilgan;
issiqlik elektr stansiyalarining mazut xo‘jaliklari uchun issiqlik texnologiyalari sxemasi va termodinamikani tahliliga ko‘ra energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish samaradorligini baholashning takomillashtirilgan algoritmi “Talimarjon IES” AJ ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan (Energetika vazirligining 2023 yil 19 dekabrdagi 02-18-7988-sonli ma’lumotnomasi; “Talimarjon IES” AJning 2023 yil 30 noyabrdagi 02/2623-sonli ma’lumotnomsi). Mazkur taklifning joriy etilishi tizimlarning alohida bloklari uchun qozonlarda mazutni saqlash va foydalanishga tayyorlash uchun moddiy va energiya xarajatlarini aniqlashga va ustuvor modernizasiya qilinishi kerak bo‘lgan eng katta yo‘qotishlarga ega bo‘lgan joylarni aniqlashga imkon bergan;
O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishni atmosferaga CO2 emissiyasining kamayishini hisobga olgan holda rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan energetika vazirligi tomonidan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish dasturi”ni va “Talimarjon IES” AJni istiqbolda rivojlantirishning biznes rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Energetika vazirligining 2023 yil 19 dekabrdagi 02-18-7988-sonli ma’lumotnomasi; “Talimarjon IES” AJning 2023 yil 30 noyabrdagi 02/2623 - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi 2030 yilda 84,98 mlrd. kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarishni rivojlantirish tendensiyasini aniqlashtirishga, bu 2023 yilga nisbatan 1,197 baravar ko‘payishining qo‘shimcha imkoniyatlarini amaliyotga jalb qilishga imkon yaratgan;
“Talimarjon IES” AJda chiqindi qozonli gaz turbinasi qurilmasidan foydalangan holda issiqlik elektr stansiyasining energiya samaradorligini oshirishning chiqindisiz ishlab chiqarish jarayoniga ko‘ra takomillashtirilgan metodologik yondashuvi “Talimarjon IES” AJni istiqbolda strategik rivojlantirish hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Energetika vazirligining 2023 yil 19 dekabrdagi 02-18-7988-sonli ma’lumotnomasi; “Talimarjon IES” AJning 2023 yil 30 noyabrdagi 02/2623 - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi maqsadli chora-tadbirlarning samaralilik davrini aniqlashning aniqlik darajasini oshirishga hamda rentabellik darajasini 7,5 foizga va moliyaviy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish