Tuxtamishev Shodimurod Qurbonboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda mikrosug‘urtani rivojlantirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3050.
Ilmiy rahbar: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Imomov Umidjon G‘ayratjonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda mikrosug‘urtani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
avtotransport vositalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovning eng yuqori miqdorini 40,0 mln so‘mgacha belgilash taklif etilgan;
mikrosug‘urta xizmatlariga KASKO ixtiyoriy avtomashina sug‘urtasi shartnomasida sug‘urta hodisalarni zarur turlarini tanlashni kiritish orqali sug‘urta kompaniyasining ROE koeffisienti 175,5 foiz, ROA koeffisienti 6,44 foizga oshirish orqali ta’minlash taklifi asoslangan;
yuridik shaxslarning logistika risklarini barcha xavflar uchun javobgarlik bilan sug‘urtalash orqali to‘lov qobiliyati marjasining etarliligi normativini 15 foizga oshirish taklif etilgan;
yukni qutqarish, yo‘qotishni kamaytirish va uning hajmini aniqlash uchun barcha zarur xarajatlarni sug‘urta shartlari bilan qoplash orqali sug‘urta kompaniyasining zararlilik koeffisientini 41,0 foizgacha etkazish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda mikrosug‘urtani rivojlantirish borasidagi tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida:
avtotransport vositalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovning eng yuqori miqdorini 40,0 mln so‘mgacha belgilash taklifi “Global Insurance Group” aksiyadorlik jamiyatining 2022-2026-yillarda rivojlanish strategiyasida o‘z aksini topgan (“Global Insurance Group” AJ sug‘urta kompaniyasining 2023-yil 6-oktyabrdagi 01/971-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sug‘urta tashkilotining jami aktivlari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga, sug‘urta tushumlari 23 foizga oshgan va sug‘urta to‘lovlari 11 foizga qisqarishga erishilgan;
mikrosug‘urta xizmatlariga KASKO ixtiyoriy avtomashina sug‘urtasi shartnomasida sug‘urta hodisalarni zarur turlarini tanlashni kiritish orqali sug‘urta kompaniyasining ROE koeffisienti 175,5 foiz, ROA koeffisienti 6,44 foiz oshirish taklifi “Global Insurance Group” aksiyadorlik jamiyatining 2022-2026 yillarda rivojlanish strategiyasida o‘z aksini topgan (“Global Insurance Group” AJ sug‘urta kompaniyasining 2023-yil 6-oktyabrdagi 01/971-son ma’lumotnomasi). Natijada, mikrosug‘urta xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish orqali sug‘urta kompaniyasining moliyaviy ko‘rsatkichlari yaxshilangan. Shuningdek, tashkilotning aktivlar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 14,6 foiz, kapital hajmi esa 12,8 foizga oshishiga erishilgan;
yuridik shaxslarning logistika risklarini barcha xavflar uchun javobgarlik bilan sug‘urtalash orqali to‘lov qobiliyati marjasining etarliligi normativini 15 foizga oshirish taklifi. Mazkur taklif “Global Insurance Group” aksiyadorlik jamiyatining 2022-2026 yillarda rivojlanish strategiyasida o‘z aksini topgan (“Global Insurance Group” AJ sug‘urta kompaniyasining 2023-yil 6-oktyabrdagi 01/971-son ma’lumotomasi). Natijada, umumiy sug‘urta sohasi bo‘yicha to‘lov qobiliyati marjasining etarlilik normativi oshirish mexanizmi takomillashtirilgan, tashkilotning moliyaviy ko‘rsatkichlari yaxshilangan, likvidlilik holati 2022 yilga nisbatan 14 foiz bandga oshgan;
yukni qutqarish, yo‘qotishni kamaytirish va uning hajmini aniqlash uchun barcha zarur xarajatlarni sug‘urta shartlari bilan qoplash orqali sug‘urta kompaniyasining zararlilik koeffisientini 41,0 foizgacha etkazish taklifi Mazkur taklif “Global Insurance Group” aksiyadorlik jamiyatining 2022-2026 yillarda rivojlanish strategiyasida o‘z aksini topgan (“Global Insurance Group” AJ sug‘urta kompaniyasining 2023-yil 6-oktyabrdagi 01/971-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urtalovchilar faoliyatining zararlilik koeffisenti oshirish mexanizmi takomillashtirilgan, sug‘urta tashkilotining xarajatlari 32 foizga qisqargan va daromadlari 38 foiz oshishga erishilgan.