Abduxakimov Tal’atjon Toxirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nam saqlash xususiyatiga ega bo‘lgan kompleks ta’sir etuvchi murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3020.
Ilmiy rahbar: Sherquziev Doniyor Shermamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Alimov Umarbek Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim..
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: FAR-PANS MSh polimer reagenti asosida, qishloq xo‘jaligida suv tanqis erlarda suv va mineral o‘g‘itlarni tejovchi kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
FAR-PANS MSh polimer reagenti, formalin, limon kislota, sulfat va nitrat kislota hamda NPK, MKF va MAF mineral komponentlari ishtirokida sopolimerlanishidan yangi nam saqlovchi kompleks o‘g‘itlar sintez qilingan;
FAR-PANS MSh polimer reagentiga choklovchi agentlar, limon kislota va noorganik kislotalarning optimal me’yorlari hamda tajribalar olib borishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
sintez qilingan gelsimon massaga NPK, MKF va MAF mineral komponentlari qo‘shish orqali olingan nam saqlovchi kompleks o‘g‘it namunalari tarkibida o‘simliklar tomonidan ijobiy o‘zlashadigan azot, fosfor, kaliy va mikroelementlar mavjudligi agrokimyoviy sinovlar natijasida aniqlangan;
gelsimon massaga 20% MAF mineral komponenti qo‘shib olingan variantda tarkibida 18,11% fosfor, 12,08% azot tutgan nam saqlovchi kompleks o‘g‘itning bo‘kuvchanligi 35,5 barobarni tashkil etishi tajribalar yordamida isbotlangan;
skanerlovchi elektron mikroskop, IQ-spektroskopik va fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida nam saqlovchi kompleks o‘g‘it olishning maqbul tarkibi aniqlangan;
nam saqlovchi kompleks o‘g‘it olishning moddiy balans hisobi tuzilgan va texnologik jarayonlarini optimallash orqali mahsulot olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xom ashyolar asosida nam saqlovchi kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
FAR-PANS MSh polimer reagenti, limon kislota va noorganik kislotalar asosida nam saqlovchi o‘g‘it olish texnologiyasi “Ifoda agrokimyo himoya” MShJ qo‘shma korxonasining “2024-2025 yillarda joriy etiladigan istiqbolli ilmiy ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Ifoda agrokimyo himoya” MSHJ QKning 2024 yil 21 yanvardagi 92/B-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida va bog‘dorchilikda ham nam saqlash, ham mineral o‘g‘itlarni tejash imkonini beradi;
gelsimon massaga NPK va MAF mineral komponentlarini kiritish orqali olingan nam saqlovchi kompleks o‘g‘it olish texnologiyasi “Ifoda agrokimyo himoya” MSHJ qo‘shma korxonasining “2024-2025 yillarda joriy etiladigan istiqbolli ilmiy ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Ifoda agrokimyo himoya” MSHJ QK ning 2024 yil 21 yanvardagi 92/B-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida 18,11% fosfor, 12,08% azot va mikroelementlar tutgan, suv resurslarini va mineral o‘g‘itlarni mos ravishda 25-30% va 35-40% ga tejovchi komleks o‘g‘it olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish