Isamuxamedova Dildora Raxmatilaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oksidativ stressda hujayra bioenergetikasi va antioksidant tizimiga ayrim polifenollarning ta’sir mexanizmi», 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/B965.
Ilmiy rahbar: Ergashev Nurali A’zamovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo institute, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Kuchkarova Lyubov Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Chuliev Ikrom Ne’matullaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Euphorbia franchetii (E. franchetii) o‘simligidan ajratib olingan gidrolizlanuvchi taninlar (polifenollar) – 3-O-galloil-4,6-geksagidroksi-difenoil-β-D-glyukoza (3-GGG), 2,3-di-O-galloil-β-D-glyukoza (2-DGG) va geraniin (C41H28O27) hamda E. sanescens (L.) o‘simligidan ajratib olingan gidrolizlanuvchi tanin – 1-O-galloil-4,6-geksagidroksi-difenoil-β-D-glyukoza (1-GGG) polifenollarini jigar mitoxondriyalari funksional parametrlariga va OS jarayoniga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
3-GGG, 2-DGG, 1-GGG va geraniin polifenollarining in vitro tajribalarda antiradikal faolligi, jigar mitoxondriyalari megaporasini Ca2+ ionlariga bog‘liq ochilishini ingibirlashi hamda mitoKATF-kanaliga faollovchi ta’siri aniqlangan;
in vitro tajribalarda NAD- va FAD-bog‘liq substratlar ishtirokida jigar mitoxondriyalari OF jarayonining qisman ajralishi polifenollar konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;
Euphorbia o‘simliklaridan ajratib olingan polifenollar alloksan bilan chaqirilgan OS sharoitida me’da osti bezi va jigar to‘qimasida hamda qon plazmasida MDA miqdorini nazorat darajasiga kamaytirishi hamda GR faolligini oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polifenollarning kalamush jigar mitoxondriyalariga ta’sir mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
3-O-galloil-4,6-geksagidroksidifenoil-β-D-glyukoza polifenoli in vitro sharoitda jigar mitoxondriyalari disfunksiyasiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalardan A-MZ-2019-41 raqamli «Sho‘rlangan tuproqlarda ildiz tizimining mahsuldorligi va hosildorligini oshirish uchun shirinmiya o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyihada sho‘rlangan tuproqlarda etishtirilgan shirinmiyaning mahsuldorligi va biologik faolligi baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 14 noyabrdagi № 4-17-1501-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘rlangan tuproqlarda shirinmiya o‘stirish texnologiyasini ishlab chikish, uning mahsuldorligini va kimyoviy tarkibini tavsiflash imkonini bergan;
polifenollarning ta’sir mexanizmi asosida olingan natijalardan A-MZ-2019-41 raqamli «Sho‘rlangan tuproqlarda ildiz tizimining mahsuldorligi va hosildorligini oshirish uchun shirinmiya o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyihada tarkibida yuqori biologik faol birikmalar saqlovchi shirinmiya o‘simligini o‘stirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 14 noyabrdagi № 4-17-1501-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, optimal ozuqa muhitlarini tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga erishilgan.
Euphorbia franchetii (B.Fedsch), E. sanescens (L.) o‘simliklaridan ajratib olingan polifenollarning jigar mitoxondriyalari nafas olishi va oksidlanishli fosforlanishi jarayoniga faollashtiruvchi ta’siri bo‘yicha olingan natijalardan «University of Gothenburg Department of Molecular and Clinical medicine» ning ilmiy loyihasida mahaliy o‘simliklarning biologic faol moddalari orasidan turli kasalliklarni davolash uchun samarali faollikka ega bo‘lgan istiqbolli birikmalarni aniqlashda foydalanilgan (University of Gothenburg Department of Molecular and Clinical medicine, Sweden 2023 yil 6 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada polifenollarning hujayra metabolizmiga ta’sir mexanizmlarini yoritishda yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini bergan.