Toshtemirova Gulnoza Abdurafievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hujayra proliferatsiyasida hajm boshqarilish tizimining rolini tadqiq qilish», 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B538.
Ilmiy rahbar: Kurbannazarova Ra’noxon Sharapovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo institute, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Nurali A’zamovich, biologiya fanlari doktori; Charishnikova Oksana Stanislavovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hujayra proliferatsiyasida hajm boshqarilish tizimining rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
timotsit hujayralarining hajm boshqarilishi tizimining barcha komponentlari, ya’ni hajmga bog‘liq kalsiy va kaliy ionlarining oqimi, parallel ravishda hujayra hajmiga bog‘iq faollanuvchi anionlarning va suvning chiqishi timotsitlar proliferatsiyasida asosiy rol o‘ynashi aniqlandi;
hajmga bog‘liq anion transportining faqat kichik qisminigina bloklash timotsitlarning hujayra bo‘linish mexanizmi buzilishi uchun etarli ekanligi ko‘rsatildi;
ilk marotaba hujayra hajm boshqarilishini samarali bloklovchi flavonoidlar – lemanin, pinotsembrin, gispidulin, pulikarin va polifenol gossipol past konsentratsiyalarda proliferatsiyasini pasaytirishi va yuqori konsentratsiyalarda hujayra o‘limiga olib kelishi aniqlandi;
hujayra bo‘linishining stimulyasiyasi faqat lemanin uchun ko‘rsatildi, pinosembrin hujayralarni nekrozdan himoya qilishi aniqlandi;
ilk marotaba glisirrizin hujayra proliferatsiyasini kuchsiz pasaytirishi, aglikon β-glisiretik kislota esa timotsit proliferatsiyasini batamom to‘xtatishi, α-glisiretik kislota, aksincha hujayra bo‘linishini stimullashi aniqlandi; β-izomer molekulasiga gemi-suksinil radikalining kiritilishi antiproliferativ faollikni kuchsizlantirib, sitolitik faollikni neytrallashi aniqlandi;
ilk marotaba kanaloformerlar gramisidin D va nistatin ta’sirida hajm boshqarilishining harakatlantirivchi kuch – kaliy gradientini bartaraf etish, hujayra bo‘linishini butunlay to‘htatilishi va hujayra o‘limiga olib kelishi ko‘rsatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hujayra proliferatsiyasida hajm boshqarilish tizimining rolini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hujayra proliferatsiyasida hajm boshqarilish tizimining rolini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan Bioorganik kimyo instituti Quyimolekulyar biologik faol birikmalar laboratoriyasida bajarilgan “O‘simliklar tarkibidan biologik faol birikmalarni ajratib olish, individual birikmalarga ajratish va ular asosida yangi hosilalarini sintez qilish, fizik-kimyoviy va spektral xususiyatlarini hamda biologik faolliklarini tadqiq etish” mavzusidagi laboratoriyaning ilmiy yo‘nalishida foydalanilgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 14 fevraldagi 4/1255-361-son maʼlumotnomasi). Natijada jiyda o‘simligi polisaxaridi va flavonoidi asosida kam sitotoksik yangi faol biologik moddalarni o‘simlikdan ajratish imkonini bergan;
gossipol moddasining timotsit va odam qizil qon hujayralariga litik va sublitik ta’siriga oid natijalardan IF yuqori bo‘lgan 5 ta xorijiy ilmiy jurnal maqolalarida, glisirrizin kislota va uning hosilalarini tadqiq qilinishida; noorganik polifosfatlarning timotsitlar va qizil qon hujayralari hajm boshqarilish tizimiga ta’sirini o‘rganishda; hajmga bog‘liq anion kanalining xususiyatlari va farmakologiyasini tekshirishda; pinotsembrinning timotsitlar proliferatsiyasi va o‘limiga ta’sirini tadqiq qilishda (Frontiers in Physiology, 2021, V. 12, Scopus Cite score, IF – 6.1; Journal of HerbMed Pharmacology, 2022, V. 11(4), Scopus Cite score, IF – 2.7; Bulletin of Experimental Biology and Medicine, 2023, V. 175(1), Scopus Cite score, IF – 1.4; Biochimica et Biophysica Acta - General Subjecs, 2024, V. 1868(1), Scopus Cite score, IF – 6.4; Journal of HerbMed Pharmacology, 2024, V. 13(1), Scopus Cite score, IF – 2.5) foydalanilgan. Natijada turli guruhga mansub biologik faol moddalarning timotsitlar va odam qizil qon hujayralari hajm boshqarilish tizimiga ta’siri va hujayra proliferatsiyasidagi rolini tavsiflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish