Tursunova Ozoda Faxritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darslarida o‘quv lug‘atlaridan foydalanish metodikasi (“Paronimlar o‘quv lug‘ati”dan foydalanish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va  tarbbiya  nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2750.
Ilmiy rahbar: Kurbanova Gulnoz Negmatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09 (Bir martalik kengash).
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Dilorom Nigmatovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Ma’murov Bahodir Baxshilloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darslarida o‘quv lug‘atlaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antroposentrik leksikografiyaning innovatsion an’analari asosida o‘zbek tilida mavjud lug‘atlarning megaqurilishi, korpusi (makroqurilish) va lug‘at maqolasi (mikroqurilishi)ni takomillashtirishda o‘quv lug‘atlari uchun so‘z tanlash paradigmalarning umumiy va xususiy leksikografik semantizatsiyasi aniqlangan;
paronimik birliklarda lisoniy hodisaning nutqiy hodisaga ko‘chganligi \\ o‘zaro ohangdosh so‘zlarning ikki tomonlama – fonetik hamda semantik munosabatlarga asoslanishi \\ komponentlarning turli semantik xarakteristikaga ega bo‘lishi \\ ularning o‘zakdoshligi \\ talaffuz yoki fonetik ifodadagi yaqinligi \\ o‘zaro ohangdoshligi isbotlangan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning o‘quv lug‘atlaridan muntazam foydalana olish ko‘nikmalarini rivojlantirishda tizimlilik, izchillik, amaliy faoliyatga yo‘nalganlik, ijodiy xarakterga egalik, integrallashuv, muvofiqlik, interfaollik, amaliy qiymatga egalik, estetik ta’sir xosligi hamda refleksivlik tamoyillarining samaradorligi asoslangan;
“Paronimlar o‘quv lug‘ati”dan foydalanishda umumiylik-xususiylikni ta’minlash, leksemalar orasidagi sinonimik, gipero-giponimik, partonimik, graduonimik, assotsiativ kabi leksik-semantik munosabatlarni aniqlash, ularning serqirraligini yoritib berishda foydalanuvchilar ma’lum tushunchaning qaysi guruhga aloqadorligi ochib berilib, qanday tushunchalarni qamrab olishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darslarida o‘quv lug‘atlaridan foydalanish metodikasi (“Paronimlar o‘quv lug‘ati”dan foydalanish misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
antroposentrik leksikografiyaning innovatsion an’analari hamda zamonaviy ta’lim oluvchining talablari asosida o‘zbek tilida mavjud lug‘atlarning megaqurilishi, korpusi (makroqurilish) va lug‘at maqolasi (mikroqurilishi)ni takomillashtirishda o‘quv lug‘atlari uchun so‘z tanlash paradigmalarning umumiy va xususiy leksikografik semantizatsiyasi bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro davlat universitetida amalga oshirilgan PZ-202005236-raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” (2021-2022-yy.) mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 12-iyundagi 04/1576-son ma’lumotnomasi). Natijada didaktik ma’lumotlar bilan boyitilgan;
paronimik birliklarda lisoniy hodisaning nutqiy hodisaga ko‘chganligi \\ o‘zaro ohangdosh so‘zlarning ikki tomonlama – fonetik hamda semantik munosabatlarga asoslanishi \\ komponentlarning turli semantik xarakteristikaga ega bo‘lishi \\ ularning o‘zakdoshligi \\ talaffuz yoki fonetik ifodadagi yaqinligi \\ o‘zaro ohangdoshligi bilan bog‘liq nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat televideniesining “Dolzarb mavzu”, “Assalom Buxoro” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 22-iyundagi 02-09141-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning o‘quv lug‘atlaridan muntazam foydalana olish ko‘nikmalarini rivojlantirishda tizimlilik, izchillik, amaliy faoliyatga yo‘nalganlik, ijodiy xarakterga egalik, integrallashuv, muvofiqlik, interfaollik, amaliy qiymatga egalik, estetik ta’sir xosligi hamda refleksivlik tamoyillaridan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” (2020-2022-yy.) mavzusidagi amaliy grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 28-martdagi 04/1-759-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limiy korpus  paronimlar o‘quv lug‘atlari bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish