Safarova Maftuna Zoir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Buxoro viloyati etnotoponimlarining lingvistik tadqiqi” 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3301.
Ilmiy rahbar: Kilichev Bayramali Ergashovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Bahriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nuritdinova Ra’no Sevdievna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyatidagi etnotoponimlarning lingvistik jihatlari, ularning semantik va etimologik xususiyatlarni aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etnonim, etnotoponim tushunchalarining til tizimidagi muhim o‘rni, etnos nomining atoqli otga o‘tish jarayoni, ularning shakllanishiga asos bo‘lgan tarixiy hamda ijtimoiy sabablar hudud aholisining til xususiyatlari, turmush tarzi, milliy va madaniy an’analari ularning semantik-etimologik xususiyatlari filologik jihatdan asoslangan;
Buxoro viloyati (593 ta) etnotoponimlarining derivatsion-tarkibiy xususiyatlari, ular yasalishining kompozisiya, onomastik konversiya yoki leksik-grammatik usul orqali ot+ot shaklidagi etnotoponimlar, sifat+ot shaklidagi etnotoponimlar, ot+sifat shaklidagi etnotoponimlar, son+ot shaklidagi etnotoponimlar, tuzilishi jihatdan sodda (tub; yasama) hamda qo‘shma tarkibli etnotoponimli guruhlari aniqlangan;
hududdagi etnotoponimlarning struktural komponentlari, leksik-semantik jihatdan rang (oq, qora, qizil, sariq, ko‘k) bilan bog‘liq lugʻaviy birliklar, miqdor ifodalovchi (to‘rt, besh, olti, etti, qirq, yuz, ming) so‘zlari bilan bogʻliq etnonimlar, biror predmetga asoslangan totemistik qarashlar natijasida “ilohiylashishi”, “muqaddaslashishi” o‘tmishda turkiy xalqlar hayotida mifologik, diniy, badiiy, falsafiy tushunchalar asosida ajratilib, ularning tarixiy-etimologik asoslari, diaxron va sinxronligi dalillangan;
viloyatdagi etnotoponimlarning lug‘aviy qatlamlarga munosabati, ularning turkiy, arab, mo‘gʻul va boshqa millat nomlarining nominatsion-motivatsion asoslari, nomlarning o‘z va o‘zlashganligi, derevatsion-tarkibiy xususiyatlari, nom yasalishidagi mahsuldor usullar belgilangan bo‘lib, etnotoponimlarning tarkibiy xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
etnonim, etnotoponim tushunchalarining til tizimidagi o‘rni, etnos nomining atoqli otga o‘tish jarayoni, ularning shakllanishiga asos bo‘lgan tarixiy hamda ijtimoiy sabablar hudud aholisining til xususiyatlari, turmush tarzi, milliy va madaniy an’analari, semantik-etimologik xususiyatlariga bogʻliq xulosalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan A-OT-2021-2 raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqotlari loyihasi doirasida dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2020-2021-yy.) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 13-oktyabrdagi 01-04/3609-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyadagi hudud aholisining til xususiyatlari, nom qo‘yish madaniyati, milliy an’analariga tayanilgan;
Buxoro viloyat (593 ta) etnotoponimlarining derivatsion-tarkibiy xususiyatlari, ular yasalishining kompozisiya, onomastik konversiya yoki leksik-grammatik usul orqali ot+ot shaklidagi etnotoponimlar, sifat+ot shaklidagi etnotoponimlar, ot+sifat shaklidagi etnotoponimlar, son+ot shaklidagi etnotoponimlar, tuzilishi jihatdan sodda (tub; yasama) hamda qo‘shma tarkibli etnotoponimli guruhlariga oid ma’lumotlardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan Yo-A-1-9 raqamli “Aholining turli qatlamlariga psixologik yordam ko‘rsatish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda (2016-2017-yy.) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 31-martdagi 04-04/01-440-01-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro viloyati aholisi orasida uchragan turli millat va xalq nomlari lingvistik materiallarini boyitishda manba bo‘lgan;
hududdagi etnotoponimlarning struktural komponentlari, leksik-semantik jihatdan rang (oq, qora, qizil, sariq, ko‘k) bilan bog‘liq lugʻaviy birliklar, miqdor ifodalovchi (to‘rt, besh, olti, etti, qirq, yuz, ming) so‘zlari bilan bogʻliq etnonimlar, biror predmetga asoslangan totemistik qarashlar natijasida “ilohiylashishi”, “muqaddaslashishi” o‘tmishda turkiy xalqlar hayotida mifologik, diniy, badiiy, falsafiy tushunchalar asosida ajratilib, ularning tarixiy-etimologik asoslari, diaxron va sinxronligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda” ko‘rsatuvlari va “Asrlarning asraganlari” radioeshittirishlari ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-noyabrdagi 02-09-317-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar ilmiy dalillar asosida boyitilib, ilmiy-ommabop xususiyatlari ortishiga xizmat qilgan.